FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib Superliga klublari nazorat o'yinlarida maydonga tushmoqda.

Bugun Toshkentda “Surxon” va “Xorazm” jamoalari o'zaro bellashdi. Bahs 1:0 hisobida termizlik futbolchilarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Yagona gol 23‑daqiqada Muhammadali Abdurahmonov tomonidan kiritildi.

Nazorat o'yini

“Surxon” – “Xorazm” 1:0

Gol: Muhammadali Abdurahmonov

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL