Bugun O'zbekiston Superligasining yangi mavsumi rasman boshlandi. Joriy mavsumdan boshlab VAR tizimi markazlashgan tartibda, Milliy futbol markazida joylashgan yagona VAR markazidan turib boshqarilmoqda.

VAR nazorati ostida o'tayotgan uchrashuvlar:

“Buxoro” - “Qo'qon-1912”
“Andijon” - “So'g'diyona”

Yangi mavsum barcha jamoalar va muxlislar uchun qiziqarli hamda murosasiz bahslarga boy bo'lishi kutilmoqda.

Manba: uzfhm.uz