O'zbekiston Superligasining 12–13-tur uchrashuvlarida faoliyat olib borgan hakamlar ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi videotahlil yig'ilishi o'tkazildi.

Uchrashuvlar davomida kuzatilgan bahsli epizodlar va hakamlar tomonidan qabul qilingan qarorlar taniqli instruktorlar — Valentin Kovalenko, Farhod Abdullaev, Bobur Haydarov hamda Jahongir Saidov tomonidan batafsil ko'rib chiqildi.

Muhokama markazida bo'lgan o'yinlar:

  • «Bunyodkor» — «Nasaf»

  • «Lokomotiv» — «Andijon»

  • «Qo'qon-1912» — OKMK

  • «Paxtakor» — «Xorazm»

  • «Andijon» — «Surxon»

  • «Neftchi» — «Buxoro»

  • «So'g'diyona» — «Neftchi»

  • «Surxon» — «Dinamo»

Onlayn muloqot davomida mutaxassislar har bir bahsli vaziyatga qoidalar doirasida tegishli tushuntirishlar berib, referilarga kelgusi bahslarda e'tibor qaratish lozim bo'lgan muhim jihatlar bo'yicha amaliy tavsiya va ko'rsatmalar berishdi.

Manba: Stadion.uz