Superligada iste'fo yuz berdi!

G'uzorning "Sho'rtan" klubi bosh murabbiyi Eldor Moyliev iste'foga chiqarildi. Bu haqda O'zPFL telegram-kanali xabar berdi.
43 yoshli murabbiy boshchiligidagi jamoa hozirgacha Superligada 23 tur yakuniga ko'ra 12 ochko to'plab, so'nggi o'rinda kelayotgan edi.
Uning o'rnini kim egallashi tez orada ma'lum bo'ladi.

Manba: www.stadion.uz.