Superliga. Zaxiradan maydonga tushgan Yovovichning goli «Neftchi»ga «Dinamo» bilan o'yinda muhim 3 ochkoni keltirdi

Superliga 22-turida "Neftchi" o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Bu g'alaba orqali farg'onaliklar ochkolarini 45 taga etkazib oldi va peshqadam "Nasaf"dan (46) 1 ochko ortda qolgan holda 2-o'rinda bormoqda.
"Dinamo" 38 ochko bilan 6-pog'onada.
Superliga, 22-tur
Neftchi - Dinamo - 2:1
20 sentyabr, 19:15, «Istiqlol»
Gollar: Boyan Tsiger 14', Vladimir Yovovich 83' – Anvarjon Hojimirzaev (Jahongir Abdusalomov) 16'
Neftchi: Botirali Ergashev, Boyan Tsiger, Ikrom Aliboev, Ibrohimhalil Yo'ldoshev (Farruh Sayfiev, 76), Abror Ismoilov, Joel Kojo (Shahzod Ne'matjonov, 68), Jamshid Iskanderov (Quvondiq Ro'ziev, 89), Anvar G'ofurov, Muhsin Ubaydullaev, Alisher Odilov (Vladimir Yovovich, 76), Yovan Jokich.
Dinamo: Ravshanbek Yagudin (Edem Nemanov, 46), Jahongir O'rozov, Ratino, Anvarjon Hojimirzaev, Richard Fraydey (Behruzbek Oblaqulov, 74), Oleksandr Kucherenko, Jaloliddin Jumaboev, Jahongir Abdusalomov (Marko Stanoevich, 81), Firdavs Abdurahmonov (Xislat Xalilov, 81), Dmitriy Pletnyov, Mahmud Mahamadjonov.
Ogohlantirishlar: Jahongir Abdusalomov (20), Ibrohimhalil Yo'ldoshev (34), Anvar G'ofurov (78), Jaloliddin Jumaboev (80).