Superliga 25-turida "Xorazm" "Mash'al" mehmoni bo'ldi va 3:0 hisobida yirik g'alabaga erishdi.

Xorazmliklar safida Rustamjon Abdulhamidov va Shahram Samiev bittadan gol kiritdi. Yana bir golni "Mash'al" a'zosi Ergash Ismoilov o'z darvozasiga kiritib qo'ydi.

"Xorazm" 24 ochko bilan 14-o'ringa ko'tarildi. "Mash'al" 23 ochko bilan 15-pog'onada.

Superliga, 25-tur

17 oktyabr, juma, 17:00

Mash'al - Xorazm - 0:3

Gollar: Ergash Ismoilov, 18 avtogol (0:1), Rustamjon Abduhamidov, 45+3 (0:2), Shahram Samiev, 73 (0:3)

Mash'al: Umidjon Hamroev, Samandar Ochilov, Islombek Baratov, Sardor Abduraimov, Humoyun Murtozaev, Anvar Murodov, Ergash Ismoilov, Shaxboz Jo'raev (Muhammadali Aliqulov, 46), Sherzod Fayziev, Aminu Umar (Islom Sharipov, 44), Dmitriy Yashin

Xorazm: Artyom Potapov, Vladimir Bubanya, Abbos Otaxonov, Hazrat Tursunqulov, Jasur Azimov, Murod Bobojonov (Shahram Samiev.69) Humoyunmirzo Iminov, Iskandar Shayqulov, Ixtiyor Toshpo'latov, Sunnatulla Abdullajonov (Temur Ismoilov,69), Rustam Abduhamidov.

Manba: www.stadion.uz.