Superliga. «Xorazm» — «Qo'qon-1912» o'yinida markazlashgan VAR tizimi muvaffaqiyatli qo'llanildi

Milliy futbol markazida joylashgan VAR markazida masofadan turib ishlash tizimi davom ettirildi.
Unda VAR va AVAR hakamlari instruktorlar bilan birgalikda Toshkentdan turib, Xorazmda bo'lib o'tgan Superliga 22-turi doirasidagi «Xorazm» — «Qo'qon-1912» uchrashuvi bosh hakamiga bevosita yordam ko'rsatdi.
Bu tajriba orqali markazlashgan VAR tizimi real vaqt rejimida yana bir bor sinovdan o'tkazildi va muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Manba: stadion.uz