Bugun Superliganing 9-tur bahsida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi “Neftchi” Urganch shahrida “Xorazm” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Statistik ma'lumot:

“Xorazm” va “Neftchi” jamoalari O'zbekiston Superliga musobaqalari doirasida shu kunga qadar 18 marta rasmiy uchrashuvlarda o'zaro to'qnash kelishgan. Ushbu qarama-qarshiliklarda “Xorazm” 2 ta o'yinda g'alaba qozongan, 3 ta bahs durang bilan yakunlangan, 13 ta uchrashuvda esa “Neftchi” ustun kelgan. To'plar nisbati — 13:56 “Neftchi” foydasiga.

Eng yirik g'alabalar:

23.09.2006 — “Xorazm” — “Neftchi” 2:8
30.11.2025 — “Xorazm” — “Neftchi” 2:0

Urganchdagi so'nggi 5 uchrashuv:

30.11.2025 — “Xorazm” — “Neftchi” 2:0
25.09.2010 — “Xorazm” — “Neftchi” 2:1
20.10.2009 — “Xorazm” — “Neftchi” 0:0
23.09.2006 — “Xorazm” — “Neftchi” 2:8
13.05.2000 — “Xorazm” — “Neftchi” 1:1

Ma'lumot uchun:

Uchrashuvni G'ayrat Jo'raev bosh hakam sifatida boshqarib boradi. Bahs Urganch shahridagi “Xorazm” sport majmuasi maydonida soat 19:00 da start oladi.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz