Superliga 24-turidan o'rin olgan ilk o'yinda "Xorazm" o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o'ynadi.

23-daqiqada Abbos G'ulomov mehmonlarni penaltidan hisobda oldinga olib chiqdi. 59-daqiqada mezbonlar himoyachisi Diyor Ortiqboev to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 71-daqiqada Murodbek Bobojonov muvozanatni tikladi. U ham 11 metrlik nuqtadan adashmadi.

"Navbahor" 37 ochko bilan 7-o'rinda. "Xorazm" hisobida 21 ochko bor (14-pog'ona).

Superliga, 24-tur

03.10.2025, juma, 17:00

Xorazm - Navbahor - 1:1

Gollar: 0:1 – 23, Abbos G'ulomov (penalti), 1:1 – 71, Murod Bobojonov (penalti).

Xorazm: Artyom Potapov, Abror Xo'sinov (Murod Bobojonov, 56), Vladimir Bubanya, Abbos Otaxonov, Diyor Ortiqboev, Hazrat Tursunqulov, Humoyunmirzo Iminov (Temur Ismoilov, 75), Iskandar Shayqulov, Rustam Abduhamidov (Ixtiyor Toshpo'latov, 78), Asadbek Saitxonov (Jasur Azimov, 56), Shahram Samiev

Navbahor: Umid Ergashev, Saidazamat Mirsaidov, Muhammadbobur Mo'ydinov (Gilerme Gedesh, 46), Doston Abdulxaev, Igor Gabriel, Jamshid Boltaboev, Ruslan Jiyanov, Abbos G'ulomov, Benjamin Teidi, Asadbek Jo'raboev (Muhammadali G'iyosov, 58), Pedro Augusto (Shohmalik Komilov, 86)

Ogohlantirishlar: Abror Xo'sinov (21), Umid Ergashev (87), Abbos Otaxonov (90)

Chetlatish: Diyor Ortiqboev (60)

Manba: www.stadion.uz.