Superliga. «Surxon» o'z uyida «Buxoro»dan ustun keldi

Superliga 5-turida "Surxon" o'z maydonida "Buxoro"ni mag'lub etdi - 3:1.
Mezbonlar safida Sunnatilla Abdullajonov va Stefan Chinedu (dubl) gollarga mualliflik qilishdi. Buxoroliklardan Shahzodbek Ubaydullaev yagona javob to'pini kiritdi.
"Surxon" 7 ochko bilan 9-o'ringa ko'tarildi. "Buxoro" 10 ochko bilan 5-pog'onada.
O'zbekiston Superligasi. 5-tur
04.04.2026 | 19:15
«Surxon Arena», Termiz
«SURXON» — «BUXORO» — 3:1
Gollar: Sunnatulla Abdullajonov 6 (1:0), Chinedu Stefen 9 (2:0), Shahzodbek Ubaydullaev 32 (2:1), Chinedu Stefen 45+4 (3:1).
«Surxon»: Davron Merganov, Behruzjon Karimov, Nodirxon Ne'matxonov, Jamaldin Xojaniyazov (Behruz Jumatov, 60), Behzod Shamsiev, Dostonbek Tursunov (Richard Emeka Fraydey, 69), Humoyun Sherbo'taev (Tohirjon Ashurbaev, 60), Chinedu Stefen (Umidbek Quvondiqov, 82), Sunnatulla Abdullajonov (Tornike Jebniauri, 46), Sarvar Abduhamidov, Behruz Shaydulov.
«Buxoro»: Umidjon Hamroev, Velko Filipovich, Xurshidbek Muxtorov, Shahzodbek Ubaydullaev (Nika Kacharava, 57), Temur Mamasidiqov, Javohir Ro'ziev (Asadbek Jo'raboev, 73), Mixeil Basheleishvili (Ravshan Hayrullaev, 46), Sherzod Esanov, Muhammad Yuldashev, Dominik Begich (Vladimir Rodich, 46), Shahboz Jo'rabekov.
Ogohlantirishlar: Nodirxon Ne'matxonov (40), Jamaldin Xojaniyazov (56), Behruz Jumatov (84) — Xurshidbek Muxtorov (42), Shahzodbek Ubaydullaev (42), Shahboz Jo'rabekov (45+1).
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
VAR: Asker Najafaliev