Biroz oldin Superliga 25-turida «So'g'diyona» «Surxon»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Mezbonlar safidagi gollar Rubin Hebay va Lyupcho Dorievning hisobiga yozildi. Shimoliy makedoniyalik forvard Superligadagi 14-golini urdi.

Mehmonlarning yagona goli Sarvar Abduhamidov tomonidan kiritildi.

Natijada Ivan Boshkovich shogirdlari ochkolari sonini 31 taga etkazib, 8-o'ringa ko'tarildi. «Surxon» 25 ochko bilan 11-pog'onada qoldi.

Superliga. 25-tur
So'g'diyona – Surxon 2:1
Gollar: Rubin Hebay, 2 (1:0) , Lyupcho Doriev, 10 (2:0), Sarvar Abduhamidov, 90+2 (2:1)
So'g'diyona: 1.Shohruh Isoqov, 3.Islom Qobilov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov, 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 19.Javohir Qahramonov, 28.Stanislav Andreev (9.Samandar Mavlonqulov, 71), 33.Sardor Rahmonov, 70.Jasur Jaloliddinov (10.Shohruh Abdurahmonov,45+1), 98.Rubin Xebay ( 2.Zoir Jo'raboev, 75).
Surxon: 16.Dilshod Yo'ldoshev, 2.Behruz Karimov (23.Kamron Yusupov77), 4.Nodirxon Ne'matxonov, 5.Jamaldin Xodjaniyazov, 6.Behzod Shamsiev, 10.Rustam Turdimurodov, 19.Muhammad-Ali Abdurahmonov ( 14.Sarvar Abduhamidov,77), 22.Javohir Jo'raev, 24.Sherzod Komilov (7.Doston Tursunov, 46), 27.Asilbek Jumaev, 99.Sunnatilla Poyonov.