Superliga 24-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "So'g'diyona" uchrashuvida jizzaxliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

"Bo'rilar" safida Shohruh Abdurahmonov va Sardor Rahmonov gollarga mualliflik qilgan bo'lsa, mezbonlardan Islom Kenjaboev javob to'pini kiritdi.

"So'g'diyona" 28 ochko bilan 8-o'ringa joylashdi. "Sho'rtan" 12 ochko bilan so'nggi 16-pog'onada.

Superliga, 24-tur
05.10.2025, yakshanba, 17:00
Sho'rtan - So'g'diyona - 1:2

Gollar: Shohruhbek Abdurahmonov (Xondamir Mustafoqulov) 24, 0:1, Sardor Rahmonov (Jasur Jaloliddinov) 50, 0:2, Islom Kenjaboev (G'anisher Qodirov) 62, 1:2

Sho'rtan: Shohruxjon Eshbo'taev, Ulug'bek Xudoyberdiev (Jasurbek Hakimov,74), Odilbek Abdumajidov, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Temur Mamasidiqov, Abrorbek Toshqo'ziev (Abubakir Rizo Turdialiev,46), Sardor Sadullaev (Jo'rabek Mannonov,57), Doniyorjon Narzullaev (Bekzod Suvonov, 90), Bekjon Rahmatov (G'anisher Qodirov,57), Azizbek Pirmuhammadov, Islomjon Kenjaboev

So'g'diyona: Shohrux Isoqov, Xondamir Mustafoqulov, Suhrob Izzatov, Shoxruhbek Abdurahmonov (Islomjon Qobilov, 63), Filip Ivanovich, Lyupcho Doriev, Javohir Qahramonov, Nodirjon Soyibov, Sardor Rahmonov, Jasurbek Jaloliddinov ( Oybek Nurmatov,78), Rubin Xebay (Samandarjon Mavlonqulov, 66)

Manba: www.stadion.uz.