Superliga. «So'g'diyona» OKMKni yirik hisobda engdi

Superliga 21-turida «So'g'diyona» o'z maydonida OKMKni qabul qilib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinda gollarga Lyupcho Doriev (dubl), Shohrux Abdurahmonov, Avazbek O'lmasaliev va Samandar Movlonqulovlar mualliflik qildi.
Bu g'alabadan so'ng Ivan Boshkovich shogirdlari ochkolari sonini 24 taga etkazib, 9-o'rinda ko'tarildi. OKMK 37 ochko bilan 4-pog'onada qoldi.
So'g'diyona – OKMK 4:1
Gollar: Lyupcho Doriev, 28 (1:0), Lyupcho Doriev, 45+2 (2:0), Shohruhbek Abdurahmonov, 49 (3:0), Avazbek O'lmasaliev, 63 (3:1), Samandarjon Mavlonqulov, 78 (4:1)
So'g'diyona – 27. Milan Mitrovich, 2. Zoir Jo'raboev, 3. Islomjon Qobilov, 7. Xondamir Mustafoqulov, 8. Suhrob Izzatov, 10. Shoxruh Abdurahmonov (9. Samandar Mavlonqulov,75), 13. Filip Ivanovich, 14. Lyupcho Doriev, 19. Javohir Qahramonov, 32. Nodirjon Soyibov, 70. Jasurbek Jaloliddinov ( 33.Sardor Rahmonov, 75).
OKMK – Hamidullo Abdunabiev, 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 6. Avazbek O'lmasaliev, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 2. Akrom Komilov, 5. Giorgi Papava ( 77. Nodirbek Abdurazzoqov, 46), 4. Mirjamol Qosimov ( 27. Ali Abdurahmonov, 46), 15. Oybek Rustamov, 10. Xurshid G'iyosov, 11. Ruben Sanchez, 16. Naoaki Senaga.
Ogohlantirish: Islom To'xtaxo'jaev (OKMK) 66, Ruben Sanchez (OKMK) 72.