Superliga. "So'g'diyona" o'z uyida "Lokomotiv"ga yutqazdi

Superliga, 23-tur
"So'g'diyona" – "Lokomotiv" 2:3
11 oktyabr 2026 yil. Zomin, “Zomin“ stadioni. 16:00
Hakamlar: G'ayrat Jo'raev, Dilshod Jumaniyozov, Quvondiq Do'shchanov, Nurken Urazbaev
VAR hakami: Rustam Choriev
AVAR hakami: Akmal G'iyosov
Nazoratchi: Sultonbek Zaylobidinov
Komissar: Shahzod Xolboev
Gollar: Behruz Asqarov 29, - 1:0. Temurxo'ja Abduxoliqov 34, - 1:1. Sardor Mirzaev 48, - 1:2 (T.Abduxoliqov). Lyupcho Doriev 68, - 2:2 (S.Mavlonqulov). Shodiyor Shodiboev 81, - 2:3 (S.Mirzaev).
"So'g'diyona": 27. Milan Mitrovich, 2. Zoir Jo'raboev, 3. Islomjon Qobilov, 6. Behruzbek Asqarov (10. Javohir Qahramonov, 46), 7. Petar Michin (9. Zenan Zaymovich, 82), 8. Jamshid Boltaboev (32. Nodirjon Soyibov, 46), 13. Filip Ivanovich, 14. Lupcho Doriev, 17. Ollabergan Karimov, 33. Shoxjaxon Sultonmurodov (22. Abdulazizxon Abdurashidov, 46), 50. Shohruz Kamolov (28. Samandarjon Mavlonqulov, 46).
Zaxira: 74. Bayram Najafaliev, 29. Amirbek Saidov, 49. Sardor Jamolov, 77. Oybek Nurmatov.
"Lokomotiv": 1. Aleksey Kozlov, 8. Bilol Tupliev (10. Shodiyor Shodiboev, 76), 11. Temurxo'ja Abduholiqov, 15. Aleksandr Shushnyar, 17. Sardor Mirzaev (26. Abdulloh Yo'ldoshev, 90+1), 18. Oleksandri Kucherenko, 23. Diyorjon Turopov (70. Muhammadali Reymov76), 28. Shuhrat Muhammadiev, 33. Oleg Zoteev, 45. Yovan Nishich (14. Nikolay Ivanov, 84), 99. Jasurbek Yaxshiboev (9. Suxrob Nurulloev, 76).
Zaxira: 16. Danil Baklanov, 7. Quvonchbek Abraev, 22. Sunnatilla Poyanov, 61. Nurlan Ibraimov, .
Ogohlantirishlar: Yovan Nishich 76,
MATNLI TRANSLYATSIYA
90+4. O'yin tugadi. “So'g'diyona“ - “Lokomotiv“ 2:3
90+1. O'zgarish. “Lokomotiv“. Mirzaev o'rniga Yo'ldoshev tushdi
90. O'yinga 4 daqiqa qo'shildi
84. O'zgarish. “Lokomotiv“. Nishich o'rniga Ivanov tushdi
82. O'zgarish. “So'g'diyona“. Michin o'rniga Zaymovich tushdi
81. GOL! SHODIYOR SHODIBOEV! Navbatdagi supergol! Mirzaevdan to'pni qabul qilib olgan Shodiboev chap qanotdan to'pni darvozaga yo'lladi, Mitrovich to'pni qaytara olmadi - 2:3.
76. Ogohlantirish. “Lokomotiv“. Yovan Nishich
74. ZARBAAAA! Dorievdan navbatdagi zarba, Kozlov to'pni qaytardi!
68. GOL! LYUPCHO DORIEV! O'ng qanotdan Mavlonqulov uzatgan to'pni egallab olgan Doriev jarima maydoni ichidan supergol urdi 2:2!
66. O'zgarishlar. “Lokomotiv“. Yaxshiboev, Turopov va Tupliev o'rniga Nurulloev, Reimov va Shodiboev tushdi
61. Ikkinchi taymda juda faol o'ynayotgan Tupliev hozir Ivanovichdan qochib ketganida birga bir vaziyatga chiqib ketardi, Filip to'pni olib qo'ydi
57. ZARBA! Mirzaevning kuchli zarbasidan keyin Mitrovich to'pni qaytardi!
53. ZARBAAA! Soyibovning zarbasi rekoshet orqali darvozaga bordi, Kozlovdan seyv
48. GOL! SARDOR MIRZAEV! Supergol! 1:2. Abduxoliqovdan ajoyib uzatma, Mirzaevdan supergol!
46. Ikkinchi taym boshlandi
46. O'zgarishlar. “So'g'diyona“. Sultonmurodov, Boltaboev, Kamolov va Asqarov o'rniga Abdurashidov, Soyibov, Mavlonqulov va Qahramonov tushdi
45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:1
45+1. ZARBA! Nishichning zarbasi yo'liga Qobilov to'g'anoq bo'ldi!
45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi
40. O'yin teng kurashlar ostida davom etmoqda, hisob o'yinga mos
34. GOL! TEMURXO'JA ABDUXOLIQOV! 1:1. Turopov to'pni raqibdan olib qo'yib Yaxshiboevga oshirdi, Jasurning zarbasi himoyachiga tegib Temurxo'jaga bordi, Abduxoliqov yaqin masofadan gol urdi.
31. ZARBA! Tuplievning jarima maydoni ichidan tepgan to'pini Mitrovich ushlab oldi!
29. GOL! BEHRUZ ASQAROV! 1:0. Nishichning noaniq to'p uzatishidan keyin Kozolov to'pni qaytardi, to'p to'g'ri Asqarovga bordi, Behruz osongina bo'sh darvozani ishg'ol qildi.
28. ZARBAAA! Dorievdan kuchli zarba va Kozlovdan navbatdagi seyv!
24. UXXXX! Yaxshiboevdan ajoyib uzatma, Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!
17. Zarba! Dorievning zarbasidan keyin yana Kozlov o'z o'rnida
16. Zarba! Burchak to'pidan keyin Boltaboev zarba berdi, ancha noaniq
13. “Lokomotiv“ burchak to'piga ega bo'ldi, ammo foyda chiqmadi
7. Zarba! Dorievning jarima maydoni yonidan yo'llagan kuchsiz zarbasidan keyin Kozlov to'pni ushlab oldi
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.
Kommentariyalar