Superliga 30-turida "Navbahor" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o'ynadi.

14-daqiqada Igor Sergeev mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 65-daqiqada Bashar Resan ikkinchi sariq kartochkasi sabab maydondan chetlatildi.

82-daqiqada Zabihillo O'rinboev mezbonlarning javob golini kiritdi.

"Paxtakor" 60 ochko bilan mavsumni 2-o'rinda yakunladi. "Navbahor" 40 ochko bilan 7-o'rinda.

Manba: www.stadion.uz.