Superliga

18-tur

“Bunyodkor” – “Qo'qon-1912” 0:1

Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 19:00

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Ërdamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umrzaqov

Zaxira hakami: Sevdiyor Hamraqulov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Akmal G'iyosov

Komissar: Mamur Sultonov

Gol: 0:1 – 3, Shota Gvazava (Silvanus Nimeli)

“Bunyodkor”: 16.Federiko Botti, 3.Sardor Rahmonov, 8.Dmitriy Pletnyov (56.Abdulqodir Mirfayziev, 87), 10.Amir To'raqulov, 11.Sardor Abdunabiev (31.Abdurahmon Sulaymonov, 81), 13.Muhammad Hakimov, 20.Abdulfayz Bobomurodov (39.Fahriddin Muhammadov, 46), 21.Nosirjon Abdusalomov, 27.Islom Anvarov, 45.Shamsiddin Tursunmahamadov (88.Mirkamol Annamatov, 87), 66.Azizbek To'lqunbekov.

Zaxira: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 47.Bunyod Bahodirov, 74.Ivan Bukrin, 81.Abdusamir Ilhomov, 97.Muhammadali Adhamov.

"Qo'qon-1912": 13.Rahimjon Davronov, 4.Asliddin Toshtemirov (21.G'ulomhaydar Gulyamov, 83), 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov (69.Egor Kondratyuk, 83), 8.Shota Gvazava, 10.Shohruh Gadoev (20.Iqboljon Malikjonov, 73), 11.Silvanus Nimeli, 14.Ibrohim Yo'ldoshev, 19.Shahzod Akramov (15.Zafar Hakimov, 89), 44.Andro Giorgadze, 99.Muhammadanas Hasanov (9.Javohir Husanov, 83)

Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 22.Toma Tabatadze, 71.Elbekjon Yo'lchiev, 90.Akbar O'ktamov.

Ogohlantirishlar: Asliddin Toshtemirov (27), Dmitriy Pletnyov (58), Shota Gvazava (60)

🏁 90+4-daqiqa. Uchrashuv yakunlandi! Toshkentda kechgan shiddatli bahsda "Qo'qon-1912" jamoasi "Bunyodkor" ustidan 0:1 hisobida g'alaba qozondi. Mehmonlarga muhim g'alabani taqdim etgan yagona golga 3-daqiqada Shota Gvazava mualliflik qildi.

⏱ 90-daqiqa. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam Doston Rahmonov uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

🔄 89-daqiqa. "Qo'qon-1912" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Shahzod Akramov o'rniga maydonga Zafar Hakimov tushdi.

🔄 87-daqiqa. "Bunyodkor" tarkibida ikkita o'zgarish amalga oshirildi:

* Shamsiddin Tursunmahamadov o'rniga Mirkamol Annamatov;

* Dmitriy Pletnyov o'rniga Abdulqodir Mirfayziev maydonga tushdi.

🔄 83-daqiqa. "Qo'qon-1912" tarkibida birdaniga uchta o'zgarish amalga oshirildi:

* Javohir Sidiqov o'rniga Egor Kondratyuk;

* Asliddin Toshtemirov o'rniga G'ulomhaydar Gulyamov;

* Muhammadanas Xasanov o'rniga Javohir Husanov maydonga tushdi.

🔥 82-daqiqa. Xavfli vaziyat! Islom Anvarov uzoq masofadan chap oyoqda kuchli va aniq zarba yo'lladi. "Qo'qon-1912" darvozaboni Rahimjon Davronov ishonchli harakat qilib, to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

🔄 81-daqiqa. "Bunyodkor" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Sardor Abdunabiev o'rniga Abdurahmon Sulaymonov maydonga tushirildi.

🔄 73-daqiqa. "Qo'qon-1912" tarkibida o'zgarish yuz berdi: Shohruh Gadoev maydonni tark etdi, uning o'rniga Iqboljon Malikjonov o'yinga qo'shildi.

🔥 71-daqiqa. Xavfli vaziyat! Fahriddin Muhammadov o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi. Biroq to'p darvoza to'sini ustidan biroz balandlab o'tib ketdi.

68-daqiqa. Shohruh Gadoev qulay vaziyatga chiqib borib, o'ng oyoqda kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'riga yon tomondan tegdi.

64-daqiqa. "Bunyodkor" futbolchilari navbatdagi hujumni tashkil etdi. Amir To'raqulov uzoq masofadan darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi, biroq uning zarbasi noaniq chiqdi.

🟨 60-daqiqa. Shota Gvazava raqibi Dmitriy Pletnyovga nisbatan sportga xos bo'lmagan xatti-harakat qilgani uchun bosh hakam Doston Rahmonov tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

🟨 58-daqiqa. Dmitriy Pletnyov Shahzod Akramovga nisbatan qo'pollik ishlatib, raqibini to'xtatib qoldi. Bosh hakam "Bunyodkor" yarim himoyachisini sariq kartochka bilan jazoladi.

🔥 55-daqiqa. Xavfli vaziyat! Azizbek To'lqunbekovning ajoyib uzatmasidan so'ng Nosirjon Abdusalomov jarima maydoni ichida raqibini chalg'itib, chap oyoqda olis pastki burchakni nishonga oldi. Rahimjon Davronov mahorat ko'rsatib, to'pni qaytarishga erishdi va xavfni burchakka chiqarib yubordi.

54-daqiqa. Javohir Sidiqov burchak zarbasidan to'pni jarima maydoniga oshirdi. Havodagi kurashda ustun kelgan Ibrohim Yo'ldoshev bosh bilan zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq ketdi.

51-daqiqa. "Bunyodkor" futbolchilari hujumga o'tdi. Dmitriy Pletnyov qulay vaziyatdan zarba yo'lladi, biroq uning urinishiga aniqlik yetishmadi.

⏱ 46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

🔄 "Bunyodkor" tarkibida tanaffusda o'zgarish yuz berdi: Abdulfayz Bobomurodov o'rniga maydonga Fahriddin Muhammadov tushdi.

⏸ 45+2-daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tomonlar tanaffusga "Qo'qon-1912" jamoasining kichik ustunligi bilan yo'l olmoqda – 0:1.

45-daqiqa. Abdulfayz Bobomurodov o'ng qanotdan markazga tomon siljib, chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi. Raqib himoyachisiga tekkan to'p yo'nalishini o'zgartirib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

42-daqiqa. Muhammadanas Xasanov jarima zarbasidan to'pni jarima maydoniga oshirdi, ammo "Bunyodkor" himoyachilari ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etdi.

35-daqiqa. "Qo'qon-1912" jamoasi tezkor qarshi hujumga o'tdi. Silvanus Nimeli darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq o'z vaqtida oldinga chiqqan posbon Federiko Botti xavfni sezib, to'pni autga tepib yubordi.

32-daqiqa. Dmitriy Pletnyov jarima zarbasini amalga oshirib, to'pni sheriklari tomon etkazib berdi. Ammo jarima maydoni ichida hech kim to'pga tegina olmadi va u maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

🟨 27-daqiqa. Asliddin Toshtemirov raqib hujumini qo'pollik bilan to'xtatib, Nosirjon Abdusalomovga nisbatan qoidani buzdi. Uchrashuv bosh hakami qo'qonliklar himoyachisiga sariq kartochka ko'rsatdi.

25-daqiqa. Muhammadanas Xasanov jarima zarbasidan to'pni raqib darvozasi tomon oshirdi. Jarima maydoni ichida Andro Giorgadze bosh bilan zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

22-daqiqa. Havo harorati yuqori bo'lgani bois, bosh hakam uchrashuvni vaqtincha to'xtatdi. Futbolchilarga suv ichib, salqinlanib olish uchun qisqa tanaffus berildi.

14-daqiqa. Javohir Sidiqov burchak zarbasini amalga oshirib, to'pni jarima maydoniga etkazib berdi. "Bunyodkor" himoyachilari yuzaga kelgan xavfli vaziyatda to'pni qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga uzoqlashtirdi.

9-daqiqa. Qo'qonliklarning navbatdagi hujumi. Silvanus Nimeli uzoq masofadan kuchli zarba yo'lladi, biroq himoyachi Sardor Rahmonov to'p yo'liga to'g'onoq bo'lib, xavfni bartaraf etdi.

⚽️ 3-daqiqa. GOL! Mehmonlar hisobni ochdi. Silvanus Nimelining uzatmasidan so'ng Shota Gvazava jarima maydoni chizig'i ustidan to'pni to'xtatmasdan darvozaga aniq yo'lladi – 0:1.

⏱ 1-daqiqa. "Bunyodkor" – "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga start berildi. Bosh hakam Doston Rahmonov xushtagini chalib, o'yinni boshlab berdi.