Superliga

24-tur

“Andijon” – “Qizilqum” 0:1

Bosh hakam: Alisher Rahimqulov

Yordamchi hakamlar: Sardor Umrzoqov, Shohnur Yo'ldoshev

Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Nazoratchi: Olim Abduvasilov

Komissar: Davron Ibrohimov

Gol: 0:1 – 38, Otabek Jo'raqo'ziev (Jambuli Jigauri)

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov (28.Bekzod Sulaymonov, 61), 11.Humoyunmirzo Iminov, 14.Abdurahmon Komilov (5.Abdulvohid G'ulomov, 73), 15.Nemanya Chalasan, 18.Damir Temirov (26.Muhammadkarim Toirov, 61), 22.Usmonali Ismonaliev, 27.Martin Boake (10.Dragan Cheran, 77), 33.Doniyor Abdumannopov (17.Aziz Turg'unboev, 73), 99.Rustam Turdimurodov.

Zaxira: 19.Artyom Potapov, 8.Shohmalik Komilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 70.Hamidullo Karimov.

“Qizilqum”: 1.Farhod Rahmatov, 8.Shahzodbek Rahmatullaev (34.Grigol Chabradze, 83), 10.Islom Kenjaboev (18.Abbosbek Abdug'offorov, 77), 15.Nikola Kumburovich, 31.Jambuli Jigauri (23.Samandar Shukurullaev, 77), 40.Nodirxon Nematxonov, 44.G'iyosjon Rizaqulov, 47.Ruslan Roziev (20.Bobomurod Bozorov, 83), 70.Duglas Maykon, 77.Diyor Raxmatilloev, 88.Otabek Jo'raqo'ziev.

Zaxira: 99.Humoyunshoh Sayyotov, 4.Ilhom Vahobov, 7.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 9.Shahzod Turopov, 30.Mehroj Qo'ldoshev.

Ogohlantirishlar: Odilbek Abdumajidov (43), Damir Temirov (60), Abdurahmon Komilov (64), Jambuli Jigauri (76), Nodirxon Nematxonov (84), Eldor Adhamov (90+8), Grigol Chabradze (90+8).

⏱ 90+9'. O'yin yakunlandi!

Bosh hakam Alisher Rahimqulovning final hushtagi yangradi va uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

Superliganing 24-turi doirasida kechgan shiddatli va murosasiz bahsda Navoiyning "Qizilqum" klubi Otabek Jo'raqo'zievning 38-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga safarda "Andijon" ustidan muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

🟥 90+6'. Chetlatish! Bosh hakam Alisher Rahimqulov "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidovga qizil kartochka ko'rsatib, uni zaxira o'rindig'idan chetlatdi.

⏱ 90'. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam Alisher Rahimqulov tomonidan ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shimcha vaqt qo'shib berildi.

🟨 84'. Ogohlantirish! "Qizilqum" himoyachisi Nodirxon Nematxonov raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

🔄 83'. O'zgarishlar! "Qizilqum" safida birdaniga ikkita almashtirish amalga oshirildi. Ruslan Roziev hamda Shahzodbek Rahmatullaev maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Bobomurod Bozorov va Grigol Chabradze bahsga qo'shildi.

⚠️ 81'. Xavfli vaziyat! "Andijon" hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldi. Raqib jarima maydoni ichida to'pga birinchi bo'lib yetib kelgan Rustam Turdimurodov bosh bilan darvozani nishonga oldi. Biroq "Qizilqum" darvozaboni Farhod Rahmatov mahorat ko'rsatib, to'pni qaytarib qoldi.

🔄 77'. O'zgarishlar! Har ikkala jamoa tarkibida navbatdagi almashtirishlar amalga oshirildi:

"Qizilqum" safida Jambuli Jigauri va Islom Kenjaboev maydonni tark etdi, ularning o'rniga Samandar Shukurullaev hamda Abbosbek Abdug'offorov o'yinga qo'shildi.

"Andijon"da esa hujum chizig'ida o'zgarish: Martin Boake o'z o'rnini Dragan Cheranga bo'shatib berdi.

🟨 76'. Ogohlantirish! "Qizilqum" yarimhimoyachisi Jambuli Jigauri raqib futbolchisi Humoyunmirzo Iminovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

🔄 73'. O'zgarishlar! "Andijon" safida navbatdagi ikkita almashtirish amalga oshirildi. Doniyor Abdumannopov va Abdurahmon Komilov maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Aziz Turg'unboev hamda Abdulvohid G'ulomov bahsga qo'shildi.

🟨 64'. Ogohlantirish! Maydon markazida raqib futbolchisi Islom Kenjaboevga nisbatan qoidani buzgan "Andijon" himoyachisi Abdurahmon Komilov hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

🔄 61'. O'zgarishlar! "Andijon" safida bir yo'la ikkita almashtirish amalga oshirildi. Damir Temirov va Po'latxo'ja Xoldorxonov maydonni tark etdi, ularning o'rniga Muhammadkarim Toirov hamda Bekzod Sulaymonov o'yinga qo'shildi.

🟨 60'. Ogohlantirish! "Andijon" futbolchisi Damir Temirov raqib hujumchisi Islom Kenjaboevga nisbatan qoidani buzgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

🔄 59'. O'zgarish! "Qizilqum" tarkibida uchrashuvdagi ilk almashtirish amalga oshirildi. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Otabek Jo'raqo'ziev o'z o'rnini Fayzullobek Jumanqo'zievga bo'shatib berdi.

57'. "Andijon" yarimhimoyachisi Doniyor Abdumannopov olis masofadan darvozaga zarba yo'lladi, biroq to'p to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.

52'. "Andijon" chap qanotdan xavfli hujum uyushtirdi. Damir Temirovning jarima maydoni ichiga oshirgan uzatmasiga Martin Boake eta olmadi va "Qizilqum" darvozaboni Farhod Rahmatov to'pni o'z nazoratiga oldi.

⏱ 46'. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Jamoalar maydonga qaytishdi. Bosh hakam Alisher Rahimqulovning hushtagi yangrab, uchrashuvning ikkinchi bo'limiga start berildi.

⏱ 45+1'. Birinchi bo'lim yakunlandi!

Bosh hakam Alisher Rahimqulovning hushtagi yangrab, jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.

⏱ 45'. Birinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam Alisher Rahimqulov tomonidan birinchi taymga 1 daqiqa qo'shimcha vaqt qo'shib berildi.

🟨 43'. Ogohlantirish! Maydon markazida "Qizilqum"ning qarshi hujumini to'xtatib qolgan "Andijon" himoyachisi Odilbek Abdumajidov Shahzodbek Rahmatullaevni libosidan tortib yiqitgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

⚽️ 38'. GOL! Hisob ochildi - 0:1!

"Andijon" himoyachilari oddiy to'p uzatishda qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi. Faol pressing uyushtirgan Jambuli Jigauri to'pni egallab olib, qulay vaziyatda turgan Otabek Jo'raqo'zievga uzatdi. Jo'raqo'ziev esa darvozaning olis pastki burchagiga aniq zarba yo'llab, to'pni to'rga kiritdi va "Qizilqum"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

⚠️ 35'. Xavfli vaziyat! "Andijon"da hisobni ochish uchun qulay imkoniyat bo'ldi. Rustam Turdimurodov darvozaga juda yaqin masofadan zarba yo'lladi, biroq to'p mo'ljalga aniq bormadi.

⚠️ 31'. Xavfli vaziyat! "Andijon" raqib jarima maydoni ichida xavfli kombinaciya tashkil etdi. Po'latxo'ja Xoldorxonov jamoadoshi bilan o'zaro pas almashib, zarba yo'lladi, biroq "Qizilqum" posboni Farhod Rahmatov to'g'ri poziciya tanlab, to'pni egallab oldi.

26'. "Qizilqum" futbolchisi Otabek Jo'raqo'ziev darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.

20'. "Qizilqum" o'ng qanotdan hujum uyushtirdi. Ruslan Roziev o'ng tomondan zarba yo'lladi, biroq "Andijon" darvozaboni Eldor Adhamov to'pni qaytarishga erishdi.

16'. "Andijon" navbatdagi hujumini tashkil etdi. Abdurahmon Komilov maydonning chap qanotidan aylanma zarba yo'lladi, biroq to'p mo'ljalga aniq bormadi.

13'. "Qizilqum" burchak to'pini amalga oshirdi. Havodan uzatilgan to'pga Martin Boake zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq ketdi.

⚠️ 9'. Xavfli vaziyat! "Andijon" hisobni ochishga juda yaqin keldi. Rustam Turdimurodov raqib jarima maydoni ichidan zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

7'. "Andijon" futbolchisi Damir Temirov olis masofadan erlatib zarba berdi. Mehmonlar darvozaboni Farhod Rahmatov o'z o'rnida to'pni egallab oldi.

4'. "Qizilqum" jarima zarbasi ishlab oldi. Jambuli Jigaurining jarima maydoniga yo'llagan uzatmasini "Andijon" himoyachisi boshi bilan qaytarib, xavfni bartaraf etdi.

⏱ 1'. Uchrashuv boshlandi! Bosh hakam Alisher Rahimqulovning hushtagi yangrab, "Andijon" hamda "Qizilqum" jamoalari o'rtasidagi bahsga start berildi.

Jamoalar bosh hakam Alisher Rahimqulov boshchiligida maydonga chiqib kelishdi. Mezbon "Andijon" klubi qizil, mehmonlar "Qizilqum" esa to'q binafsharang liboslarda harakat qiladi. Hammasi uchrashuv boshlanishiga shay.