Superliga 20-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" uchrashuvi yakunlandi. O'yinda 1:1 hisobi qayd etildi.

14-daqiqada Imeda Ashortia mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

58-daqiqada "qaldirg'ochlar" safida Muzaffar Olimjonov raqibining yuziga oyog'i bilan zarba berib yuborgani uchun maydondan chetlatildi.

76-daqiqada navoiyliklar etakchisi Islom Kenjaboev hisobni tenglashtirdi - 1:1.

"Bunyodkor" 35 ochko bilan 5-o'rinda. "Qizilqum" 26 ochko bilan 8-pog'onaga joylashdi.

"Qizilqum" – "Bunyodkor" 1:1

22.08.2025

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Amir Galeev, Danil Yatsenko

Zaxira hakami: Alisher Rahimqulov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR: Abdurashid Xudayberganov

AVAR: Andrey Tsapenko

Komissar: Feruz G'aniev

Gollar: 0:1 – 14, Imeda Ashortia (Temurxo'ja Abduxoliqov), 1:1 – 76, Islom Kenjaboev (Fayzullo Jumanqo'ziev)

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhom Vahobov, 5.Dilshod Komilov, 7.Davron Anvarov (70.Shohro'z Norxonov, 32), 8.Shahzod Rahmatullaev, 10.Roman Papariga (9.Islom Kenjaboev, 46), 11.Jambuli Jigauri, 15.Nikola Kumburovich, 16.Asror G'ofurov, 23.Samandar Shukrullaev (88.Dushan Miyich, 85), 77.Fayzullo Jumanqo'ziev (20.Bobomurod Bozorov, 80)

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 17.Akmal Muzaffarov, 18.Farhod Bekmurodov, 19.Ilhom Kenjaev, 22.Shahzod To'ropov

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Nikoloz Mali (5.Aleksandr Zevadinov, 74), 4.Najmiddin Normurodov, 9.Imeda Ashortia, 10.Rasul Yo'ldoshev (30.Sardor Abdunabiev, 67), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (28.Matiya Krivokapich, 81), 15.Marko Bugarin, 17.Ollabergan Karimov (77.Muzaffar Olimjonov, 46), 21.Nosir Abdusalomov (23.Asadbek Rahimjonov, 67), 25.Itsuki Urata, 57.Amir To'raqulov

Zaxira: 22.Valijon Rahimov, 8.Martin Shroler, 18.Narimon Ahmadjonov, 66.Azizbek To'lqinbekov

Ogohlantirishlar: Dilshod Komilov (19), Ollabergan Karimov (31), Temurxo'ja Abduxoliqov (71), Amir To'raqulov (90+6)

Chetlatish: Muzaffar Olimjonov (58)

Manba: www.stadion.uz.