Superliga. Peshqadam

"Neftchi" Superliga 12-turida Farg'onada "Buxoro"ni qabul qildi va 2:1 hisobida irodali g'alabaga erishdi.
Xurshid Muxtorov 8-daqiqada penaltidan mehmonlarni oldinga olib chiqqan edi. Bu golga farg'onaliklar zaxiradan maydonga tushgan Stipe Peritsa (82) va Jamshid Iskanderovning (86) gollari bilan javob qaytardi.
"Neftchi" 31 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. "Buxoro" 20 ochko bilan 4-o'rinda.
O'zbekiston Superligasi. 12-tur
16.07.2026 | 20:00 «Istiqlol» stadioni, Farg'ona
«NEFTChI» — «BUXORO» — 2:1
Bosh hakam: Ahror Risqullaev
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Xusan Hudoyberdiev
Gollar: Xurshid Muxtorov 8-pen (0:1), Stipe Peritsa 82 (1:1), Jamshid Iskanderov 86 (2:1).
«Neftchi»: Botirali Ergashev, Izzatillo Po'latov (Farruh Sayfiev, 46), Boyan Tsiger, Ikrom Aliboev, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Abror Ismoilov, Vladimir Yovovich (Xurshid G'iyosov, 67), Muhsin Ubaydullaev (Jamshid Iskanderov, 46), Alisher Odilov (Ratino, 46), Yovan Jokich, Zoran Marushich (Stipe Peritsa, 74).
Zaxira: Akbar To'raev, Asilbek Jumaev, Nurbek Sarsenbaev, Rustambek Fomin.
«Buxoro»: Umidjon Hamroev, Ravshan Xayrullaev, Xurshidbek Muxtorov, Timur Mamasidiqov (Sherzod Esanov, 78), Javohir Ro'ziev (Asilbek Qayyumov, 90), Asadbek Jo'raboev (Shahzod Ubaydullaev, 66), Muhammad Yo'ldoshev, Boyan Mladovich, Kirill Todorov, Vladimir Rodich (Islom Baratov, 66), Shahboz Jo'rabekov (Nodir Ahmadjonov, 90).
Zaxira: Shirinboy Abdullaev, Sardor Qulmatov, Anvarjon Jo'raev, Nika Kacharava.
Ogohlantirishlar: Muhsin Ubaydullaev (6), Yovan Jokich (49), Farruh Sayfiev (84), Xurshid Muxtorov (90+2), Jamshid Iskanderov (90+2).
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar