Biroz oldin Superliganing 4-turidan o'rin olgan so'nggi to'qnashuv ham o'z nihoyasiga etdi. 
 
Kamoliddin Tojiev boshchiligidagi "Paxtakor" o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qilib, 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi. 
 
Eslatib o'tamiz, "sherlar" ushbu bahsdan so'ng ochkolar sonini 9 taga etkazib oldi.