Superliga. «Paxtakor» OKMKga imkoniyat qoldirmadi

Superliga 5-turida "Paxtakor" o'z maydonida OKMKni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
"Sherlar" safida Flamarion, Doston Hamdamov va Muhammadqodir Hamraliev gollarga mualliflik qildi. OKMKdan Aziz Holmurodov yagona javob to'pini kiritdi.
"Paxtakor" 12 ochko bilan 2-o'ringa ko'tarildi. OKMK 4 ochko bilan 13 pog'onada.
Superliga. 5-tur
04.04.2026 | 17:00
«Paxtakor» markaziy stadioni, Toshkent
«PAXTAKOR» — OKMK — 3:1
Gollar: Flamarion 21 (1:0), Dostonbek Hamdamov 45+1 (2:0), Aziz Xolmurodov 46 (2:1), Muhammadqodir Hamraliev 62 (3:1).
«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Muhammadrasul Abdumajidov, Hojiakbar Alijonov, Muhammadqodir Hamraliev, Sherzod Nasrullaev, Dostonbek Hamdamov (Hojimat Erkinov, 72), Flamarion (Abdurauf Bo'riev, 81), Sardor Sobirxo'jaev (Bashar Resan, 72), Oybek Bozorov (Ibrohim Ibragimov, 72), Akmal Mozgovoy, Rustam Turdimurodov (Pyotr Pajishek, 64).
OKMK: Hamidullo Abdunabiev, Avazbek O'lmasaliev (Shahzod Toirov, 59), Dilshodbek Ahmadaliev, Saidafzalxon Ahrorov, Abror Karimov, Giorgi Papava, Aziz Xolmurodov, Arihiro Sentoku (Ali Abdurahmonov, 77), Nodirbek Abdurazzoqov (Hazratjon Tursunqulov, 87), Asadbek Sobirjonov (Rian Islomov, 77), Siavash Haqnazariy (Urosh Koyich, 77).
Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev
Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Abdurashid Erkinov
Zaxira hakami: Dias Galeev
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Vladislav Tseytlin
Komissar: Abdulbosit Valixonov