Superliga

23-tur

"Paxtakor" – "Bunyodkor" 3:1

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Ruslan Serazitdinov

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Islom Azimov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: 1:0 – 42, Zaid Tahsin (Bashar Resan); 1:1 – 62, Sardor Abdunabiev (Muhammad Hakimov); 2:1 – 73, Dostonbek Hamdamov (Bashar Resan); 3:1 – 90+2, Stefan Chinedu (Akmal Mozgovoy)

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov, 21.Bashar Resan (11.Hojimat Erkinov, 85), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 29.Ayman Hussayn (90.Stefan Chinedu, 62), 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Oybek Bozorov (10.Akmal Mozgovoy, 62)

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 6.Sardor Mirqobilov, 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dilshod Abdullaev, 22.Muhammadbobur Karimov, 34.Sherzod Nasrullaev.

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov, 10.Amir To'raqulov (8.Dmitriy Pletnyov, 56), 13.Muhammad Hakimov, 14.Shahzodjon Nematjonov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 21.Nosirjon Abdusalomov, 27.Islom Anvarov (9.Matiya Krivokapich, 79), 42.Abdulhamid Ikromov (11.Sardor Abdunabiev, 56), 45.Shamsiddin Tursunmahammadov, 66.Azizbek To'lqunbekov.

Zaxira: 22.Muhammadyusuf Sobirov, 33.Eldor Naimov, 39.Fahriddin Muhammadov, 44.Alijon Bekmurodov, 74.Ivan Bukrin, 88.Mirkamol Annamatov.

Ogohlantirishlar: Hojiakbar Alijonov (51), Sardor Abdunabiev (57)

90+4. Uchrashuv yakunlandi! Hakamning final hushtagi chalindi. Toshkent derbisida "Paxtakor" ishonchli o'yin ko'rsatib, "Bunyodkor" ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.

⚽ 90+2. GOL! "Paxtakor" hisobdagi farqni oshirmoqda! O'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Akmal Mozgovoyning uzatmasini Stefan Chinedu bosh bilan darvozaga aniq yo'llab, muvaffaqiyat qozondi – 3:1. "Sherlar" derbida g'alaba masalasini deyarli hal qildi!

90. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti o'z yakuniga etdi. Bosh hakam Asker Najafaliev uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berdi.

🔄 85. "Paxtakor" safida o'zgarish: Bashar Resan o'rniga Hojimat Erkinov maydonga tushdi.

🔄 79. "Bunyodkor" safida navbatdagi o'zgarish: Islom Anvarov o'rniga Matiya Krivokapich bahsga qo'shildi.

⚡ 76. Xavfli vaziyat! Azizbek To'lqunbekov jarima maydoni ichidan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

⚽ 73. GOL! "Paxtakor" yana hisobda oldinga chiqmoqda! Maydonga endigina tushgan Dostonbek Hamdamov to'pga ilk teginishi bilan jarima maydoni tashqarisidan darvozaning yuqori burchagiga ajoyib aylanma zarba yo'llab, chiroyli gol muallifiga aylandi – 2:1. Bosh murabbiyning o'zgarishi darhol o'z so'zini aytdi!

🔄 72. Har ikkala jamoa safida o'zgarishlar:

"Paxtakor"da Ibrohim Ibragimov o'rniga Dostonbek Hamdamov maydonga tushdi.

"Bunyodkor" tarkibida esa Shahzodjon Nematjonov o'rnini Eldor Naimovga bo'shatib berdi.

⚡ 67. Xavfli vaziyat! "Paxtakor"ning burchakdan uzatgan to'pi havodagi kurashlardan o'tib, jarima maydoni ichida turgan Flamarionning oyog'iga borib tushdi. Hujumchi yaqin masofadan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

⚡ 67. Xavfli vaziyat! Jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib olgan Ibrohim Ibragimovning kuchli zarbasidan so'ng Abdumavlon Abdujalilov ajoyib seyv ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

⚽ 62. GOL! "Bunyodkor" muvozanatni tiklamoqda! Chap qanotda to'p uchun kechgan kurashda raqibidan ustun kelgan Muhammad Hakimov jarima maydoniga aniq uzatmani amalga oshirdi. Jarima maydoni ichida himoyachilardan balandroq sakragan Sardor Abdunabiev bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi – 1:1. Hujumchi maydonga tushganidan bir necha daqiqa o'tiboq o'z nomini tabloga yozdirib qo'ymoqda.

🔄 62. "Paxtakor" safida qo'shaloq o'zgarish: Oybek Bozorov o'rniga Akmal Mozgovoy, Ayman Hussayn o'rniga esa Stefan Chinedu maydonga tushdi.

🟨 57. Maydonga endigina tushgan Sardor Abdunabiev Dilshod Saitovga nisbatan ishlatilgan qo'polligi uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

🔄 56. "Bunyodkor" tarkibida birdaniga ikki o'zgarish: Abdulhamid Ikromov o'rniga Sardor Abdunabiev, Amir To'raqulov o'rniga esa Dmitriy Pletnyov maydonga tushirildi.

🟨 51. Maydon markazida Islom Anvarovga nisbatan qoidani buzgan Hojiakbar Alijonov hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

⚡ 48. Xavfli vaziyat! "Bunyodkor"ning hujumini bartaraf etish uchun Sanjar Quvvatov darvozadan ancha oldinga chiqib, to'pni urib yubordi. Qaytgan to'pga Abdulhamid Ikromov olis masofadan bo'sh qolgan darvoza tomon zarba yo'lladi, ammo himoyaga yetib kelgan Hojiakbar Alijonov to'pni bosh bilan qaytarib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi. Jamoalar maydonga qaytishdi, bahs davom etadi.

45+1. Hakamning hushtagi chalindi va dastlabki bo'lim yakuniga etdi. Toshkent derbisida hozircha "Paxtakor" Zaid Tahsinning goli evaziga "Bunyodkor" ustidan 1:0 hisobida oldinda bormoqda. TANAFFUS.

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam Asker Najafaliev dastlabki bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

⚽ 42. GOL! "Paxtakor" hisobni ochmoqda! O'ng qanotdan Bashar Resanning jarima maydoniga oshirgan aniq uzatmasini himoyadan hujumga qo'shilgan Zaid Tahsin bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. "Sherlar" safidagi iroqlik legionerlarning kombinaciyasi gol bilan yakunlandi – 1:0.

40. Flamarionning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan so'ng Abdumavlon Abdujalilov to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

39. Hojiakbar Alijonovning jarima maydoni tashqarisidan chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

⚡ 32. Xavfli vaziyat! Muhammad Hakimovning olis masofadan chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

26. "Paxtakor"ning hujumi Flamarionning bosh bilan yo'llagan zarbasi bilan yakunlandi, biroq yon hakam hujumchi o'yindan tashqari holatda qolganini qayd etdi.

⚡ 22. Xavfli vaziyat! Amir To'raqulov burchak zarbasidan to'pni jarima maydoniga etkazib berdi. Sardor Rahmonovning bosh bilan yo'llagan xavfli zarbasidan so'ng Sanjar Quvvatov qiyinchilik bilan to'pni egallab oldi.

17. Amir To'raqulov tomonidan belgilangan standart vaziyatidan jarima maydoniga oshirilgan to'pni "Paxtakor" himoyachilari ishonchli tarzda bartaraf etishdi.

⚡ 13. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Bashar Resan to'pni markazga uzatdi. Flamarionning darvoza tomon yo'llagan zarbasi Muhammad Hakimovga tegib, maydonni tark etdi. "Paxtakor" burchak to'pi tepmoqda.

⚡ 5. Xavfli vaziyat! "Paxtakor" futbolchilarining yuqori pressingi natija berdi va to'p olib qo'yildi. O'ng qanotdan Bashar Resan jarima maydoniga aniq uzatmani amalga oshirdi, Flamarionning bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

Uchrashuvga start berildi. "Paxtakor" bugungi bahsda sariq, "Bunyodkor" esa oq rangli liboslarda harakat qilmoqda.