Superliga 8-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qildi va 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

Mezbonlar safida Doston Hamdamov va Bashar Resan dublga mualliflik qilishdi. Samarqandliklardan Anvar Hojimirzaev va Azizbek Amonov o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'yishdi.

"Paxtakor" 21 ochko bilan peshqadam (bir xil ochko to'plagan "Neftchi"dan o'zaro o'yinlarda ustunlik). "Dinamo" 7 ochko bilan 13-pog'onada.

«PAXTAKOR» — «DINAMO» — 4:2

Gollar: Dostonbek Hamdamov 9’ (1:0), Bashar Resan 22’ (2:0), Anvarjon Hojimirzaev 23’ (2:1), Azizbek Amonov 27’ (2:2), Dostonbek Hamdamov 60’-penalti (3:2), Bashar Resan 71’ (4:2).

«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Muhammadrasul Abdumajidov, Hojiakbar Alijonov, Muhammadqodir Hamroaliev, Sherzod Nasrullaev, Dostonbek Hamdamov (Pyotr Parjishek, 84), Hojimat Erkinov (Dilshod Saitov, 72), Abdurauf Bo'riev, Bashar Resan (Ibrohim Ibragimov, 85), Akmal Mozgovoy (Zaid Tahsin, 79), Sardor Sobirxo'jaev.

Zaxira: Vladimir Nazarov, Rustam Turdimurodov, Shahzod Azmiddinov, Flamarion Jovino, Dilshod Abdullaev.

«Dinamo»: Edem Nemanov, Ulug'bek Abdullaev, Jahongir O'rozov, Jaloliddin Jumaboev, Mahamadu Dembele, Sanjar Qodirqulov (Til Mavretich, 61), Rasul Yo'ldoshev (Dramane Salou, 76), Nurillo To'xtasinov (Jahongirbek Abdusalomov, 72), Kingsli Sarfo (Behruzbek Oblaqulov, 76), Anvarjon Hojimirzaev, Azizbek Amonov.

Zaxira: Sarvar Karimov, Xislat Halilov, Salim Mustafoev, Ulug'bek Hoshimov, Akbar Xudoyberdiev.

Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy (15), Jahongir O'rozov (20), Mahamadu Dembele (31), Rasul Yo'ldoshev (45+6).

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

VAR hakami: Rustam Choriev

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Qudrat Madraimov

Manba: www.stadion.uz.