Superliga 24-turida "Paxtakor" safarda "Buxoro"ni yirik hisobda mag'lub etdi - 4:0.

"Sherlar" safida Bashar Resan va Flamarion bittadan gol urgan bo'lsa, Igor Sergeev dubl muallifi bo'ldi.

"Paxtakor" 46 ochko bilan 3-o'rinda. "Buxoro" 21 ochko bilan 15-pog'onada.

Superliga, 24-tur
04.10.2025, shanba, 17:00
Buxoro - Paxtakor - 0:4
Gollar: Bashar Resan, 28 (0:1), Flamarion, 38 (0:2), Igor Sergeev, 80 (0:3), Igor Sergeev, 84 (0:4).

Manba: www.stadion.uz.