Superliga 21-turidan o'rin olgan qoldirilgan "Dinamo" - "Andijon" o'yini bo'lib o'tdi. O'z muxlislari ko'z o'ngida harakat qilgan samarqandliklar bahsda 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

27-daqiqada hisob ochildi. Ratinoning super uzatmasidan so'ng Oybek O'rmonjonov o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va yaqin burchakni aniq nishonga oldi. Ushbu golda mehmonlar darvozaboni Mohribek Komilovning ham kattagina aybi bor.

Ikkinchi bo'lim boshida, 55-daqiqada o'sha O'rmonjonovning burchakdan uzatib bergan to'pini Jaloliddin Jumaboev bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'ydi va jamoasining o'yindagi ishonchli g'alabasini ta'minladi.

"Dinamo" bu g'alaba evaziga 56 ochko bilan 4-o'rinda. U 3-o'rindagi "Paxtakor" bilan ochkosi teng. Shuningdek, 2-o'rindagi "Nasaf"dan 2 ochko, peshqadam "Neftchi"dan 4 ochko ortda qolmoqda.

"Andijon" 29 ochko bilan 12-o'rinda. Ular xavfli zonadagi "Buxoro"dan 3 ochko oldida. Chempionat yakuniga 2 tur qoldi.

Superliga. 21-tur. Qoldirilgan o'yin
Dinamo - Andijon - 2:0
15 noyabr 2025 yil. 16:00
Gollar: 1:0 - 27, Oybek O'rmonjonov (Ratino), 2:0 - 55, Jaloliddin Jumaboev (Oybek O'rmonjonov).
Dinamo: Edem Nemanov, Jahongir O'rozov, Ratino, Sanjar Qodirqulov (Mahmudjon Mahamadjonov, 75), Jaloliddin Jumaboev, Jahongir Abdusalomov (Xislat Xalilov, 75), Oybek O'rmonjonov (Behruzbek Oblaqulov, 75), Firdavs Abdurahmonov, Dmitriy Pletnyov, Marko Stanoevich, Ulug'bek Hoshimov (Richard Emeka Fraydey, 46)
Andijon: Mohirbek Komilov, Sunnatulloh Hamidjonov, Islombek Mamatkazin, Ismoil Akinade, Saidumarxon Saidnurullaev (Bektemir Abdumannonov, 68), Damir Temirov (Otabek Jo'raqo'ziev, 46), Asadbek Habibullaev, Usmonali Ismonaliev (Asadbek Abdug'offorov, 68), Doniyor Abdumannopov, Muhammadkarim Toirov, Oleg Zoteev (Abdurahmon Komilov, 46)
Ogohlantirishlar: Muhammadkarim Toirov (21), Oybek O'rmonjonov (52), Dmitriy Pletnyov (83)

Manba: www.stadion.uz.