Superliga 12-turida "Navbahor" Toshkentdagi "Olimpiya" stadionida OKMKni qabul qildi va 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

8-daqiqada Ruslanbek Jiyanov namanganliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 20-daqiqada Hazratjon Tursunqulov muvozanatni tikladi. 31-daqiqada Husayn Norchaev vodiyliklarning 2-goliga mualliflik qildi. 82-daqiqada Ali Abdurahmonov muvozanatni tiklagan bo'lsa, 90+4-daqiqada Arihiro Sentoku olmaliqliklarning kambekini ta'minlagan golni kiritdi - 3:2.

OKMK 19 ochko bilan 5-o'rinda, "Navbahor" 20 ochko bilan 3-pog'onada.

O'zbekiston Superligasi. 12-tur

17.07.2026 | 20:00 «Olimpiya» stadioni, Toshkent

«NAVBAHOR» — OKMK — 2:3

Bosh hakam: Temur To'xtasinov

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Abdulhamid Abdurayimov

Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov

Nazoratchi: Sultonbek Zaylobidinov

Komissar: Davron Ibrohimov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Dias Galeev

Gollar: Ruslan Jiyanov 8 (1:0), Hazrat Tursunqulov 20 (1:1), Husayn Norchaev 31 (2:1), Ali Abdurahmonov 82 (2:2), Arixiro Sentoku 90+4 (2:3).

«Navbahor»: O'tkir Yusupov, Islom Mamatkazin, Dilshodjon Komilov, Ruslan Jiyanov (Muhammadali G'iyosov, 80), Diyor Xolmatov, Husayn Norchaev, Quvondiq Ro'ziev (Shohruh Abdurahmonov, 80), Asadbek Rahimjonov, Vanya Ilich (Umar Adhamzoda, 46), Georgiy Jgerenaya (Anri Chichinadze, 67), Abbos G'ulomov (Aleks Fernandes, 63).

Zaxira: Shukron Yo'ldoshev, Zabihillo O'rinboev, Benjamin Teydi, Muhammadali Usmonov.

OKMK: Javohir Ilyosov, Georgi Papava, Avazbek O'lmasaliev, Dilshod Ahmadaliev, Abubakr Rizo Turdialiev (Ali Abdurahmonov, 81), Aziz Xolmurodov (Ivan Peshich, 81), Asadbek Sobirjonov (Arixiro Sentoku, 65), Hazrat Tursunqulov, Saidafzalxon Axrorov (Ahmadullo Muqumjonov, 87), Abror Karimov, Siyavash Xaqnazariy (Urosh Koyich, 65).

Zaxira: Hamidullo Abdunabiev, Shahzod Tairov, Eldorbek Begimov, Abror Sarimsoqov.

Ogohlantirishlar: Abubakr Rizo Turdialiev (45+3), Avazbek O'lmasaliev (59), Aziz Xolmurodov (66), Husayn Norchaev (90).

Manba: Stadion.uz