Superliga. O'yin oxirigacha bir kishi kam bo'lib o'ynagan "Paxtakor" Flamarionning dubli evaziga zafar quchdi

Superliga
22-tur
"Mashal" - "Paxtakor" 1:2
G'uzor. “Sho'rtan” stadioni. 18:00
Gollar: Humoyun Murtozaev penalti 90+12’ – Flamarion (Sardor Sobirxo'jaev) 51’, Flamarion (Dostonbek Hamdamov) 77’
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov
To'rtinchi hakam: Sardor Salohiddinov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Diyor Xotamqulov
"Mashal": 25.Samandar Jo'rabekov, 2.Zafar Akramov, 5.Komiljon Tojiddinov, 8.Sardor Abduraimov, 13.Nuriddin Nuriddinov (9.Ibrohim G'anixonov, 79), 28.Ergash Ismoilov, 67.Og'abek Abdirahimov (22.Muhammadbobur Mo'ydinov, 81), 70.Azizbek Choriev, 72.Normurod Ko'charov (10.Humoyun Murtozaev, 39), 88.Ahrorbek Rahimov (24.Ifeani Ifeani, 79), 99.Boburjon Asqarov.
Zaxira: 73.Vladislav Rusanov, 27.Doniyor Narzullaev, 36.Javohir Abdulazizov, 63.Pavel Bureev, 76.Firdao's Jovliev.
"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 5.Murtazo Puraliganji, 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Akmal Mozgovoy, 21.Bashar Resan (17.Dostonbek Hamdamov, 67), 23.Abdurauf Bo'riev (6.Sardor Mirqobilov, 90+7), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 29.Ayman Hussayn (90.Stefan Chinedu, 68), 34.Sherzod Nasrullaev, 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin, 9.Ibrohim Ibragimov, 44.Diyor Ermanov, 77.Oybek Bozorov, 77.Dilshod Saitov.
Ogohlantirishlar: Ergash Ismoilov (6), Ahrorbek Rahimov (34), Sardor Sobirxo'jaev (85), Abdurauf Bo'riev (90+4).
Chetlatishlar: Murtazo Puraliganji (10), Boburjon Asqarov (89).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+12. GOL! Murtozaev penaltidan to'p kiritib, hisobni qisqartirdi - 1:2!
90+8. Nasrullaev jarima maydonchasi ichida Ismoilovni yiqitgani uchun penalti belgilandi.
90+7. “Paxtakor”da almashtirish: Bo'riev o'rniga Mirqobilov bahsni tugatib qo'yadi.
90+4. Bo'riev Akramovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.
90. Ikkinchi taymga 8 daqiqa qo'shildi.
89. Chinedu yiqitildi, shu vaziyat VAR’da ko'riladi. Vaziyat so'nggi umid foli sifatida baholandi va Asqarov maydondan chetlatildi.
85. Sobirxo'jaev qoidabuzarlik uchun ogohlantirildi.
84. Zarbaa! Ismoilovning uzatmasidan keyin G'anixonov chap oyoqda xavfli, ammo noaniq zarba berdi.
83. Alijonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasini muborakliklar uzoqlashtirishdi.
81. “Mashal”da o'zgarish: jarohatlangan Abdirahimov o'rniga Mo'ydinov tushirildi.
79. “Mashal”da 2 ta almashtirish: Nuriddinov o'rniga G'anixonov, Rahimov o'rniga Ifeani bahsni davom ettiradi.
77. GOL! Hamdamovning burchak zarbasidan uzatib bergan to'pini Flamarion bosh bilan darvozaga yo'naltirdi - 0:2!
76. Uuux! Hamdamovning aylanma zarbasini Jo'rabekov bartaraf etdi.
73. Uuux! Hamdamovning uzatmasidan keyin Alijonov bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.
72. VAR golni tekshirib chiqib, uni bekor qildi. Ofsayd bo'lgan ekan.
68. “Paxtakor”da yana bir o'zgarish: Hussayn o'rniga Chinedu maydonga tushdi.
67. “Paxtakor”da o'zgarish: Resan o'rniga Hamdamov tushirildi.
66. GOL! Ismoilovdan pas qabul qilib olgan Murtozaev yaqin masofadan turib chap oyoqda zarba berib, hisobni tenglashtirdi - 1:1!
60. Zarba! Alijonovning jarima zarbasidan keyin Jo'rabekov to'pga ega chiqdi.
57. GOL! Abduraimovning jarima zarbasidan erlatib bergan pasidan keyin Murtozaev to'p kiritdi, biroq ofsayd tufayli gol bekor bo'ldi.
54. Ergash Ismoilov to'pni darvozabonga uzataman deya xatoga yo'l qo'ydi.
51. GOL! Sobirxo'jaevdan pas qabul qilib olgan Flamarion burchakda ekanligiga qaramay, aniq zarba yo'llab, hisobni ochdi - 0:1!
48. Mozgovoy himoya markazida ichkariga raqibdan kelgan to'pni uzoqlashtirdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!
45+2. Nasrullaev qanotdan oldinga intilayotgan Tojiddinovni yiqitishga majbur bo'ldi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.
41. Rahimov Sobirxo'jaevga nisbatan qoidani buzdi.
39. “Mashal”da o'zgarish: Ko'charov o'rniga Murtozaev tushirildi.
38. VAR Ayman Hussayn bilan bog'liq vaziyatni ko'rib chiqdi va hammasi joyidaligini bildirdi.
37. Zarbaa! Nasrullaevning olisdan bergan zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi.
34. Rahimov Bo'rievni yiqitgani uchun sariq kartochka oldi.
32. Resan chap qanot orqali jaria maydonchasi ichiga yorib kirdi, ammo yakunda to'p maydondan chiqib ketdi.
29. Nuriddinov to'pni egallab olib, birga-bir holatga chiqib borayotgan bir paytda Quvvatov o'z vaqtida darvozadan chiqib kelib to'pni tepib yubordi.
26. “Paxtakor” bir kishi kam bo'lib qolganidan so'ng Akmal Mozgovoy markaziy himoyaga qaytib oldi.
23. Uuux! Ismoilovning yaxshi o'ylangan uzatmasiga sheriklari ulgurmay qoldi.
21. Mozgovoy Tojiddinovga nisbatan qo'pol harakat qildi, hakam uni og'zaki ogohlantirdi.
20. Hussaynning zarbasidan keyin himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.
18. Uuux! Bashar Resanning Ayman tomon qulay pasidan keyin Akramov o'z vaqtida to'p yo'liga g'ov bo'ldi. Aks holda Hussayn zarba poziciyasida edi…
15. “Mashal” to'pga egalik qilgan holda hujum qilishga shaylanmoqda.
10. Puraliganji Ko'charovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va maydondan chetlatildi!
10. Flamarionning pasidan so'ng Hussayn to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi, natijada mezbonlar to'pni olib qo'yishdi.
8. Abdumajidovning Hussayn tomon uzun pasidan keyin Jo'rabekov to'pga ega chiqdi.
6. Ismoilov maydon markazida Alijonovga nisbatan jiddiz tarzda qoidani buzdi va ogohlantirildi.
4. Zarba! Resanning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Flamarion bosh bilan darvozaga yo'naltirishga urindi, noaniq.
3. Nasrullaev narigi qanotdagi Flamarionni to'p bilan taminladi, braziliyalik yarim himoyachining uzatmasi yo'liga esa himoyachilar g'ov bo'lishdi.
1. O'yin boshlandi!
Kommentariyalar