Superliga. «Neftchi» yana 3 ta gol urdi. Bu safar «Lokomotiv» darvozasiga

Superliga 4-turida "Neftchi" Farg'onada "Lokomotiv"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Mezbonlardan Ibrohimxalil Yo'ldoshev, Stive Peritsa va Alisher Odilov gollarga mualliflik qilishdi. Toshkentliklar safida Temurxo'ja Abdixoliqov penaltidan yagona javob to'pini kiritdi.
"Neftchi" 12 ochko bilan 1-o'ringa qaytdi. "Lokomotiv" 7 ochko bilan 4-pog'onada.
O'zbekiston Superligasi. 4-tur
20.03.2026 | 16:00
«Istiqlol» stadioni, Farg'ona
«NEFTChI» — «LOKOMOTIV» — 3:1
Gollar: Ibrohimhalil Yo'ldoshev 11’ (1:0), Temurxo'ja Abduxoliqov 36’-penalti (1:1), Stipe Peritsa 65’ (2:1), Alisher Odilov 88’ (3:1).
«Neftchi»: Botirali Ergashev, Izzatillo Po'latov, Ikrom Aliboev (Ratino, 66), Ibrohimhalil Yo'ldoshev (Farruh Sayfiev, 73), Abrorbek Ismoilov, Vladimir Yovovich (Jamshid Iskanderov, 46), Xurshid G'iyosov (Alisher Odilov, 46), Anvarjon G'ofurov, Muhsinjon Ubaydullaev, Yovan Jokich, Zoran Marushich (Stipe Peritsa, 46).
Zaxira: Ibrohim Shokirov, Asilbek Jumaev, Daler Tuxsanov, Nurmuhammad Abdug'aniev.
«Lokomotiv»: Aleksey Kozlov, Suhrob Nurulloev (Quvonchbek Abraev, 72), Temurxo'ja Abduxoliqov, Nikolay Ivanov, Aleksandar Shushnyar, Sardor Mirzaev (Muhammadali Reimov, 62), Aleksandr Kucherenko, Diyor Turopov (Shuhrat Muhammadiev, 62), Abdulloh Yo'ldoshev, Oleg Zoteev (Shodiyor Shodiboev, 86), Yovan Nishich (Bilol Tupliev, 72).
Zaxira: Nikita Shevchenko, Sunnatilla Poyonov, Nurlan Ibraimov, Muhriddin Zoirov.
Ogohlantirishlar: Muhsin Ubaydullaev (34), Abrorbek Ismoilov (54), Stipe Peritsa (71).
Bosh hakam: Asker Najafaliev
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov