Superliga 25-turida "Neftchi" Farg'onada OKMKni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yin taqdirini 17-daqiqada Jamshid Iskanderov tomonidan penaltidan kiritilgan gol hal qildi.

"Neftchi" 54 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda. Ular peshqadam "Nasaf"dan 2 ochko ortda qolmoqda.

OKMK 40 ochko bilan 6-pog'onada.

Superliga, 25-tur

19 oktyabr, yakshanba, 18:15

Neftchi - OKMK - 1:0

Gol: Jamshid Iskanderov - 17, penaltidan (1:0)

Neftchi: Botirali Ergashev, Bojan Tsiger, Ikromjon Aliboev, Ibrohimxalil Yo'ldoshev (Quvondiq Ro'ziev, 63), Abrorbek Ismoilov (Bilolxon Toshmirzaev, 90+3), Joel Kojo (Shaxzodjon Nematjonov, 90+3), Jamshid Iskanderov (Zoran Marushich, 74), Anvarjon G'ofurov, Muxsinjon Ubaydullaev, Alisher Odilov (Vladimir Yovovich, 63), Yovan Dokich.

OKMK: Javohir Ilyosov, Giorgi Papava (Nodirbek Abdurazzoqov, 60), Avazbek O'lmasaliev, Dilshodbek Axmadaliev, Aziz Xolmurodov (Ali Abduraxmonov, 65), Xurshid G'iyosov, Ruben Sanchez, Oybek Rustamov, Islom To'xtaxo'jaev, Saidafzalxon Axrorov (Axmadullo Muqumjonov, 71), Asadbek Sobirjonov (Arihiro Sentoku, 60).

Ogohlantirishlar: Ruben Sanches 56, Avazbek O'lmasaliev 81, Islom To'xtaxo'jaev 81, Anvarjon G'ofurov 85, Oybek Rustamov 87.

Manba: www.stadion.uz.