"Neftchi" - "So'g'diyona" 3:0 TUGADI

23 avgust, 19:00

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Qanot hakamlari: Maksim Nexochin, Islom Nosirov

Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov

Nazoratchi: Marat Ismailov

VAR hakamlari: Ilgiz Tantashev, Husan Xudoyberdiev (AVAR)

Komissar: Davron Ibrohimov

Gollar: Zoran Marushich 23, 58, Stipe Perica 90+9

"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 15. Nurmuhammad Abdug'aniev, 52. Koffi Kuao (2. Izzatillo Po'latov,75), 4. Boyan Ciger (34. Farruh Sayfiev,87) 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 11. Asilbek Jumaev ( 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 69), 71. Bilolxon Toshmirzaev (14. Xurshid G'iyosov,69), 8. Vladimir Yovovich, 5. Ikrom Aliboev, 22. Alisher Odilov, 32. Zoran Marushich (18. Stipe Perica, 87)

Zaxira: 45. Akbar To'raev, 30. Rustambek Fomin, 29. Yahyoxon Isaqov, 50. Fayzullo Nurmuhammadov,

"So'g'diyona": 1. Milan Mitrovich, 2. Zoir Jo'raboev, 22. Abdulazizxon Abdurashidov (33. Shohjahon Sultonmurodov, 46), 3. Islom Qobilov, 4. Behruz Jumatov, 8. Jamshid Boltaboev (9. Zenan Zaymovich, 65), 10. Javohir Qahramonov, 17. Ollabergan Karimov, 32. Nodirjon Soyibov, 19. Zabihillo O'rinboev (21. Saidakbar Sharipov, 68), 14. Lyupcho Doriev

Zaxira: 74. Bayram Najafaliev, 6. Behruzbek Asqarov, 7. Petar Michin, 15. Xondamir Mustafoqulov, 20. Fazliddin Omonkeldiev, 77. Oybek Nurmatov

Ogohlantirish: Boyan Ciger (“Neftchi”) 34, Abdulazizxon Abdurashidov (“So'g'diyona”) 37

Uchrashuv yakunlandi.

90+9. GOL. Stipe Perica o'yinda yakuniy nuqtani qo'ydi, 3:0. Odilov qarshi hujumda qochdi va darvozaga zarba yo'lladi. Ustundan qaytgan to'pni Perica darvozaga kiritib yubordi.

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.

87. O'ZGARISH. “Neftchi”, Ciger o'rniga Sayfiev, Marushich o'rniga Perica tushdi.

84. Ibrohimhalil Yo'ldoshevga tibbiy yordam ko'rsatildi.

75. O'ZGARISH. “Neftchi”, Koffi Kuao o'rniga Izzatilla Po'latov tushdi.

69. O'ZGARISH. “Neftchi”, Bilolxon Toshmirzaev o'rniga Xurshid G'iyosov, Asilbek Jumaev o'rniga Muhsin Ubaydullaev tushdi.

68. CHETLATISH. Shoxjahon Sultonmurodov, “So'g'diyona”!

65. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Jamshid Boltaboev o'rniga Zenan Zaymovich tushdi. 

60. GOL. G'ayrat Jo'raev golni inobatga oldi. Marushichdan dubl.

58. Hakam VAR monitorida vaziyatni ko'rmoqda. 

56. Zoran Marushich gol urgandi lekin G'ayrat Jo'raev o'yindan tashqari holat qayd etdi. Zarba berilganida Odilov raqib posbonini to'sib qolgan deyilmoqda.

49. Yana Milan Mitrovich. Bu safar burchak uzatmasidan so'ng zarbani bartaraf etdi.

48. Milan Mitrovich juda murakkab zarbani qaytardi. Serbiyalik kipyerdan navbatdagi seyv. Nurmuhammad Abdug'aniev jarima maydonchasi ichida zarba amalga oshirgandi.

46. “Neftchi”ning goli inobatga olinmadi. Toshmirzaev o'yindan tashqari holatda qolgan edi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. “So'g'diyona”ning goli o'yindan tashqari holat sabab bekor qilindi.

42. ZARBA. Javohir Qahramonovdan ajoyib zarba. Botirali Ergashevdan undan qolishmaydigan zarba. 

39. ZARBA. Yovovich qarshi hujumni zarbaga aylantirdi. Mitrovichdan seyv.

37. OGOHLANTIRISH. Abdulazizxon Abdurashidov, “So'g'diyona”

36. “Neftchi” qanotlarda ancha faol. 

34. OGOHLANTIRISH. Boyan Ciger, “Neftchi”

30. Boltaboevning uzatmasiga Abdurashidov yetib kela olmadi. 

24. GOL. Uchrashuvda hisob ochildi. “Neftchi”ning ketma-ket hujumlari oxiri gol bilan yakunlandi. Zoran Marushich “Neftchi”ning o'yindagi birinchi goliga mualliflik qildi, 1:0.

15. Oxirgi 5 daqiqalikda ustunlik maydon egalari tomonida.

14. Yana mezbonlardan tezkor hujum. Odilovning zarbasi himoyachilarga tegib maydonni tark etdi.

12. ZARBA. Ibrohimhalil Yo'ldoshevning zarbasini Mitrovich qaytardi, keyingi zarba Koffiga tegishli bo'ldi ammo noaniq.

2. ZARBA. “So'g'diyona” jarima maydonchasi ichidagi palapartishlikdan so'ng Alisher Odilov zarba yo'lladi. Xavfli lekin noaniq. 

O'yinnga start berildi. 

Jamoalar maydonga chiqib keldi.