Superliga 23-tur doirasida yana bir o'yin yakuniga etdi.

Namangandagi “Markaziy” o'yingohda kechgan “Navbahor” va “Qizilqum” bahsida mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Yagona gol 69-daqiqada “lochinlar”ning braziliyalik futbolchisi Pedro Augusto hisobiga yozildi.

Shu tariqa, “Navbahor” ochkolari sonini 36 taga etkazib, turnir jadvalining 7-pog'onasini band etgan. “Qizilqum” esa 26 ochko bilan 8-o'rindan joy olgan.

Superliga. 23-tur. 27 sentyabr
"Navbahor" — "Qizilqum" 1:0
Gol: Augusto 69.