Superliga

22-tur

"Navbahor" – "Dinamo" 3:2

Namangan. “Markaziy” stadioni. 18:00

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev. Sardor Umirzoqov

To'rtinchi hakam: Asadbek Qosimjonov

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Andrey Sapenko

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

Kamissar: Shohruh Said

Gollar: 0:1 – 7, Aziz Amonov; 1:1 – 21, Shohruh Abdurahmonov (Jasurbek Jaloliddinov); 1:2 – 25, Jaloliddin Jumaboev; 2:2 – 39, Giorgi Jgerenaya; 3:2 – 41, Shohruh Abdurahmonov (Ruslan Jiyanov)

“Navbahor”: 1.O'tkir Yusupov, 4.Islom Mamatkazin, 6.Shohruh Abdurahmonov, 7.Ruslan Jiyanov (97.Aleks Fernandes, 69), 8.Diyor Xolmatov, 13.Benjamin Teydi (21.Asadbek Rahimjonov, 69), 22.Umar Adhamzoda (5.Dilshodjon Komilov, 90+3), 23.Vanya Ilich (11.Husayn Norchaev, 69), 30.Jasurbek Jaloliddinov (2.Saidazamat Mirsaidov, 90+5), 34.Giorgi Jgerenaya, 55.Muhammadqodir Hamraliev.

Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 28.Joel Kojo, 44.Anri Chichinadze, 77.Muhammadali Usmonov.

“Dinamo”: 1.Edem Nemanov, 2.Artyom Radaev, 3.Mixail Shtefan, 4.Nurillo To'xtasinov, 8.Aziz Amonov (44.Abdug'afur Haydarov, 60), 16.Amadu Dumbuya, 18.Raul Jeparov (15.Rasul Yo'ldoshov, 46), 20.Jaloliddin Jumaboev, 24.Akbar Xudayberdiev (19.Tigran Avanesyan, 60), 26.Marko Stanoevich (22.Ulug'bek Abdullaev, 78), 77.Behruzbek Oblaqulov (21.Jahongirbek Abdusalomov, 46)

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 14.Bahodir Nasimov, 17.Salim Mustafoev, 30.Xaris Xaydarevich.

Ogohlantirishlar: Giorgi Jgerenaya (18), Nurillo To'xtasinov (19), Jaloliddin Jumaboev (26), O'tkir Yusupov (44), Artyom Radaev (45+7), Muhammadqodir Hamraliev (88)

90+5' 🏁 O'yin yakunlandi! Namanganda kechgan shiddatli va gollarga boy bellashuvda "Navbahor" o'z maydonida "Dinamo" ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozondi hamda muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi.

90+3' 🔄 "Navbahor" safida navbatdagi o'zgarish: Umar Adhamzoda o'rniga Dilshodjon Komilov maydonga tushirildi.

90' ⏱ Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga bosh hakam tomonidan 5 daqiqa qo'shib berildi.

88' 🟨 Muhammadqodir Hamraliev Nurillo To'xtasinovga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

83' ⚠️ Xavfli vaziyat! Jasurbek Jaloliddinov pastlatib kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustunining yonidan o'tib ketdi.

75' ⚠️ Xavfli vaziyat! Zaxiradan maydonga tushgan Husayn Norchaev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Uning yo'llagan zarbasini Edem Nemanov qaytarishga erishdi, ortidan esa yon hakam o'yindan tashqari holat qayd etilganini bildirib bayroqchasini ko'tardi.

69' 🔄 "Navbahor" tarkibida birdaniga uchta o'zgarish: Vanya Ilich o'rniga Husayn Norchaev, Ruslan Jiyanov o'rniga Aleks Fernandes hamda Benjamin Teydi o'rniga Asadbek Rahimjonov maydonga tushirildi.

60' 🔄 "Dinamo" safida yana ikkita o'zgarish: Akbar Xudayberdiev o'rniga Tigran Avanesyan, gol muallifi Aziz Amonov o'rniga esa Abdug'afur Haydarov maydonga tushirildi.

55' ⚠️ Xavfli vaziyat! "Navbahor" futbolchisining jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan aylanma zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to'pi amalga oshirilgach, ketma-ket berilgan zarbalar ham mehmonlar himoyachilari tomonidan qaytarildi.

50' ⚠️ Xavfli vaziyat! Ruslan Jiyanov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Uning yo'llagan zarbasini Edem Nemanov bartaraf etdi, shundan so'ng yon hakam hujumda ofsayd borligini qayd etdi.

46' ⏱ Ikkinchi bo'lim boshlandi! Tanaffusda "Dinamo" safida ikkita o'zgarish amalga oshirildi: Raul Jeparov o'rniga Rasul Yo'ldoshov, Behruzbek Oblaqulov o'rniga esa Jahongirbek Abdusalomov maydonga tushdi.

45+7' ⏸ Birinchi bo'lim yakunlandi! Murosasiz va kurashlarga boy kechgan dastlabki 45 daqiqalikda muxlislar naq 5 ta gol hamda 5 ta sariq kartochkaga guvoh bo'lishdi. Jamoalar tanaffusga "Navbahor"ning 3:2 hisobidagi ustunligi bilan yo'l olishmoqda.

45+7' 🟨 Artyom Radaev Diyor Xolmatovga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

45+6' 📺 Maydonda bahsli vaziyat! Raul Jeparov va Ruslan Jiyanov to'qnashib ketdi. Bosh hakam dastlab Jeparovga sariq kartochka ko'rsatdi, biroq ehtimoliy qizil kartochka sababli vaziyatga VAR aralashdi. Hakam videotakrorni shaxsan monitor orqali ko'rib chiqqach, qarorini o'zgartirdi hamda qarama-qarshi tomonga – mehmonlar foydasiga jarima zarbasi belgiladi.

45' ⏱ Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga bosh hakam tomonidan 7 daqiqa qo'shib berildi.

44' 🟨 "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov bosh hakam qaroriga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

41' ⚽️ GOL! Shohruh Abdurahmonovdan dubl! O'tkir Yusupovning uzoq masofaga oshirgan to'pi uchun kurashda Ruslan Jiyanov ikkinchi qavatda ustun kelib, bosh bilan to'pni oldinga tashlab berdi. Tezlik olgan Shohruh Abdurahmonov ikki himoyachini ortda qoldirdi hamda darvozabon Edem Nemanovni ham dog'da qoldirib, to'pni bo'sh darvozaga kiritdi – 3:2!

39' ⚽️ GOL! Hisob yana tenglashdi! Giorgi Jgerenaya olis masofadan darvozaning uzoq pastki burchagini aniq nishonga olib, muvozanatni tikladi – 2:2!

38' Aziz Amonovning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini jamoadoshi Jaloliddin Jumaboev qaytarib yubordi.

31' "Navbahor"ning burchakdan uzatgan to'piga Giorgi Jgerenaya zarba yo'lladi, biroq "Dinamo" darvozaboni Edem Nemanov o'z o'rnida ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.

26' 🟨 Gol muallifi Jaloliddin Jumaboev raqib muxlislari qarshisida golni nishonlab, maydonda etiroz keltirib chiqargani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

25' ⚽️ GOL! "Dinamo" yana oldinda! Jaloliddin Jumaboev taxminan 25–30 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etib, darvozani ishg'ol qildi – 1:2!

21' ⚽️ GOL! Hisob tenglashdi! Jasurbek Jaloliddinovning uzatmasidan so'ng Ruslan Jiyanov to'pni sherigiga o'tkazib yubordi. Shohruh Abdurahmonov dastlab Mixail Shtefan bilan kurashda ustun keldi, keyin esa Marko Stanoevichni aldab o'tib, chap oyoqda darvozani aniq nishonga oldi – 1:1!

19' 🟨 "Dinamo" safida Nurillo To'xtasinov yon hakam qaroriga etiroz bildirgani sababli ogohlantirildi.

18' 🟨 Giorgi Jgerenaya raqib futbolchisi Aziz Amonovni qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

13' 🔥 "Dinamo"dan o'ta xavfli hujum! Jarima maydoni ichida Amadu Dumbuya qulay vaziyatda zarba berishga shaylangan bir pallada, Muhammadqodir Hamraliev so'nggi soniyalarda to'pni bartaraf etib, jamoasini muqarrar xavfdan qutqarib qoldi.

12' "Dinamo" futbolchisining olis masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng O'tkir Yusupov to'pni ishonch bilan egallab oldi.

7' ⚽️ GOL! O'ng qanotdan Nurillo To'xtasinov tomonidan jarima maydoniga oshirilgan to'pni mezbonlar himoyachisi Islom Mamatkazin qaytardi. Qaytgan to'pni o'ziga bo'ysundirgan Aziz Amonov darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga olib, hisobni ochdi – 0:1!

1' ⏱ Uchrashuv boshlandi! "Navbahor" futbolchilari ko'k, mehmonlar – "Dinamo" jamoasi esa oq rangli liboslarda to'p surmoqda.