Superliga. "Navbahor" Buxoroda mezbonlarni yirik hisobda mag'lub etdi

Superliga
21-tur
“Buxoro” – “Navbahor” 1:4
Gol: 4 - Ruslan Jiyanov, 12 - Asadbek Jo'raboev (Nika Kacharava), 69 - Diyor Xolmatov (Benjamin Teydi), 78 - Shohruh Abdurahmonov, 87 - Jasurbek Jaloliddinov (Umar Adhamzoda)
Bosh hakam: Akobirxo'ja Shukurullaev
Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adxam Rixsiboev
Zaxira hakami: Nurken Urazbaev
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Feruz G'aniev
“Buxoro”: 12.Umidjon Hamroev (13.Azizxon Isaqov,8), 5.Sardor Qulmatov, 7.Xurshidbek Muxtorov, 9.Nika Kacharava, 11.Timur Mamasidiqov (30.Boyan Mladovich,77), 21.Quvondiq Ro'ziev, 22.Asadbek Jo'raboev (77.Asilbek Qayyumov,67), 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich (97.Shahboz Jo'rabekov.77).
Zaxira: 4.Nodirbek Ahmadjonov, 14.Islom Baratov, 18.Ozodbek Rajabov, 70.Og'abek Mahmadaminov, 88.Dominik Begich,
“Navbahor”: 1.O'tkir Yusupov, 4.Islom Mamatkazin, 5.Dilshodjon Komilov (22.Umar Adhamzoda,85), 7.Ruslan Jiyanov (97.Aleks Fernandes.90), 8.Diyor Xolmatov, 13.Benjamin Teydi, 23.Vanya Ilich (2.Saidazamat Mirsaidov, 85), 28.Joel Kojo (6.Shohruh Abdurahmonov, 61), 30.Jasurbek Jaloliddinov ( 77.Muhammadali Usmonov,90), 34.Giorgi Jgerenaya, 55.Muhammadqodir Hamraliev.
Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 3.Zafar Rahimjonov, 18.Isoxon Musoxonov, 44.Anri Chichinadze,
Ogohlantirish: 40 - Giorgi Jgerenaya, 40 - Sardor Qulmatov, 44 - Vanya Ilich, 75 - Asilbek Qayyumov, 90+3 - Shahboz Jo'rabekov
Uchrashuv yakunlandi
87. GOOOL. Jasurbek Jaloliddinov ajoyib hujumni chiroyli tarzda gol bilan yakunladi. Jasurga Umar Adhamzoda assist qilmoqda
78. GOOOL. Teidining uzatmasini Qulmatov qaytarishga harakat qilgandi, biroq buxoroliklar sardori to'pni Abdurahmonovga uzatib yubordi va namanganliklar futbolchisi qulay imkoniyatdan unumli foydalandi
75. Qayumov Hamralievga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi
73. Ilich yana bir qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Azizxon yaqin masofadan yo'llagan zarbasini qaytarmoqda
69. GOOOL. Diyor Xolmatovdan SUPERGOL. Mehmonlar yarim himoyachi uzoq masofadan to'pni to'qqizlikka joylab qo'ydi
68. Jiyanovning ajoyib uzatmasini Ilich golga aylantira olmadi. Vanyaning chalqancha yo'llagan zarbasini Isoqov ushlab oldi
61. Jasurning jarimadan yo'llagan zarbasini Azizxon qiyinchiliksiz ushlab oldi
55. Jasur yana bir bor o'z omadini uzoqdan izlab ko'rdi. Biroq Jaloliddinovning zarbasiga aniqlik yetishmadi
55. Jasur yana bir bor o'z omadini uzoqdan izlab ko'rdi. Biroq Jaloliddinovning zarbasiga aniqlik yetishmadi
51. Mezbonlar yaxshi vaziyat yaratishdi. Biroq raqib himoyasi qiyinchilik bilan ushbu vaziyatni bartaraf etdi
47. Quvondiq Ro'ziev o'z jarima maydonchasining oldida xatoga yo'l qo'ydi. Biroq Kojoning zarbasi juda noaniq ketdi
Ikkinchi bo'lim boshlandi
Birinchi bo'lim yakunlandi
44. Ogohlantirish. Vanya Ilich Esanovga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

44. Mehmonlardan navbatdagi hujum. Jasurning zarbasi yo'l-yo'lak Qulmatovga tegdi va sekin kelayotgan zarbasini Isaqov ushlab oldi
43. Yana Hamraliev uzoqdan kuchli zarba yo'lladi. Bu safar uning zarbasi aniq bordi. Isaqovdan ajoyib seyv
40. Ogohlantirish. Giorgi Jgerenaya va Sardor Qulmatov o'zaro tortishgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi
37. Vanya Ilichning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Isaqov qiyinchilik bilan qaytardi
31. Hamraliev yana bir bor uzoqdan zarba berib ko'rdi. Zarba kuchli chiqdi, biroq noaniq ketdi
25. Jasur Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
16. Jiyanovning zarbasini Isaqov qiyinchiliksiz ushlab oldi
15. Hamralievning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
12. GOOOL. Jo'raboevdan super gol. Mezbonlar hujumchisi "Navbahor"ning bir nechta himoyachilaridan ajoyib tarzda o'tdi va zarba yo'lladi. Bu zarba oldida Yusupov "ojiz" qoldi

VARdagilar barchasi joyida ekanligini ko'rsatdi va mezbonlar uchrashuvni maydon markazidan boshladi
8. Azizxon Isaqov "Buxoro"ning asosiy tarkibida debyut uchrashuvida maydonga tushadi. U jarohat olgan Umid Hamroevni alishtirdi

Biroq gol bo'lgan vaziyatda Xamroev jarohat olganga o'xshaydi. Hozir mezbonlarda darvozabon o'zgaradi. Shuningdek, Jiyanovning goli darvozabonga qarshi qo'pollik uchun bekor bo'lishi ham mumkin. Sababi goldan oldingi vaziyatda Umidjon bilan mehmonlarning ikki nafar futbolchisi to'qnashib ketgandi
4. GOOOL. Mehmonlar burchak zarbasidan unumli foydalandi. Xolmatov to'pni Jasurga uzatdi. Jaloliddinovning kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. Qaytgan to'pni esa Jiyanov darvozaga joylab qo'ydi.
UCHRASHUV BOSHLANDI
Kommentariyalar