Superliga. “Nasaf” o'z maydonida “Qo'qon-1912”ni yirik hisobda mag'lub etdi

Superliga 25-turining dastlabki uchrashuvi yakuniga etdi.
“Nasaf” Qarshida “Qo'qon-1912”ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollar Dragan Cheran, Husayn Norchaev va Sherzod Nasrullaev hisobiga yozildi.
Natijada “Nasaf” ochkolarini 56 taga etkazib, peshqadamlikni davom ettirmoqda. Qo'qonliklar hisobida esa 26 ochko bor. Jamoa 10-o'rinda.
Superliga. 25-tur
“Nasaf” – “Qo'qon-1912” 3:0
Gollar: Dragan Cheran, 24 pen (1:0), Husayn Norchaev, 68 (2:0), Sherzod Nasrullaev, 82 (3:0)