Superliga. Namanganda "Navbahor" "Nasaf"ni mag'lub etdi va turnir jadvalining 3-o'rniga ko'tarilib oldi


Superliga
18-tur
“Navbahor” – “Nasaf” 1:0 LIVE
Gol: 45+2 - G'olib G'aybullaev (avtogol)
Namangan. “Markaziy” stadioni. 19:00
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Ërdamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Ruslan Serazitdinov
Komissar: Oybek Davletmuratov
“Navbahor”: 1.O'tkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 7.Ruslanbek Jiyanov, 8.Diyor Xolmatov (6.Shohruh Abdurahmonov, 84), 11.Husayn Norchaev (28.Joel Kojo,73), 13.Benjamin Teydi (77.Muhammadali Usmonov,46), 21.Asadbek Rahimjonov (5.Dilshodjon Komilov,84), 22.Umar Adhamzoda, 23.Vanya Ilich (4.Islombek Mamatkazin,58), 34.Giorgi Jgerenaya, 55.Muhammadqodir Hamraliev.
Zaxira: 35.Valijon Rahimov, 30.Jasurbek Jaloliddinov, 44.Anri Chichinadze, 97.Aleks Fernandes.
“Nasaf”: 1.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov (23.Dilshod Murtazaev,70), 5.G'olib G'aybullaev (4.Akramjon Komilov,57), 6.Sardorbek Bahromov (22.Diyorbek Abdunazarov,46), 7.Adenis Shala, 10.Bobir Abdixoliqov (20.Yusuf Otubanjo, 46), 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murodbek Rahmatov , 70.Abbosjon G'ulomov (77.Paata Gudushauri.46), 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 18.Bekjon Rahmatov, 32.Quvonchbek Xushvaqtov, 76.Zafar Sadullaev,
Ogohlantirish: 19 - Benjamin Teydi, 27 - Oybek Rustamov, 62 - Akram Komilov, 65 - Umar Eshmurodov
Chetlatish: 53 - Saidazamat Mirsaidov
Uchrashuv yakunlandi
90+5. Komilovning yana bir zarbasini Ne'matov qiyinchilik bilan qaytardi
87. Komilovning boshi bilan yo'llagan zarbasini Ne'matov qaytardi
86. Akram Komilovning zarbasi noaniq ketdi
79. Uchrashuv asosan maydon markazida o'tmoqda
65. Umar Eshmurodov hakam tomonidan ogohlantirildi
64. Mehmonlar bir kishi ko'p bo'lib qolganidan so'ng hujumlar sonini oshirishdi
62. Akram Komilov yo'q joydan sariq ishlab oldi
53. 🟥 Berdiev hakam bilan tortishmagandi. Tantashev VARni ko'rdi va Mirsaidovga qizil ko'rsatdi
49. Berdiev hakam bilan tortishdi va Tantashev tomonidan ogohlantirildi. Biroq Tantashev Berdievdan so'ng VARga vaziyat bo'yicha manitor oldiga bordi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi
Birinchi bo'lim yakunlandi
45+2. GOOOL. Hisob ochildi. "Nasaf" darvozasiga Gaybullaev to'p kiritdi. Bu qarshiliklarning qatorasiga ikkinchi o'yindagi avtogol

Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 3 daqiqa qo'shib berildi
35. Ilichning zarbasi juda noaniq ketdi
27. Oybek Rustamov hakam tomonidan ogohlantirildi
22. Diyor Xolmatov zarba yo'lladi, biroq zarba juda sekin chiqdi
19. Teidi hakam tomonidan ogohlantirildi
16. Rahmatovning navbatdagi zarbasini darvozabon ushlab oldi
11. Jiyanovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi
8. Teidi himoyada xatoga yo'l qo'ydi. Shala raqib maydonchasiga kirib bordi va yiqildi. Hakam barchasi "toza' deb hisobladi
5. Hakam barchasi joyida ekanligini va Yusupov o'yini boshlashiga ruhsat berdi
4. Tantashev VARga bormoqda. Mehmonlar penalti tepishi mumkin
2. Mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi, biroq Rahmatovning zarbasini Yusupov qiyinchilik bilan bartaraf etdi
Uchrashuv boshlandi
Kommentariyalar