Superliga 23-turidan o'rin olgan "Mash'al" - "Buxoro" uchrashuvi yakunlandi. Bahs 0:0 hisobida yakunlandi.

Mehmonlar 30-daqiqada Frane Ikichning qizil kartochkasidan so'ng 1 kishi kam bo'lib qolishdi, ammo o'yin oxirigacha darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.

"Mash'al" 23 ochko bilan 12-o'rinda. "Buxoro" 21 ochko bilan 13-pog'onaga joylashgan.

Superliga, 23-tur
30.09.2025, seshanba, 19:00
Mash'al - Buxoro - 0:0
Mash'al: Umidjon Hamroev, Samandar Ochilov, Islombek Baratov, Sardor Abduraimov (Islom Sharipov, 71), Ibrohim G'anixonov (Anvar Murodov, 46), Humoyun Murtozaev, Ergash Ismoilov, Shahboz Jo'raev, Sherzod Fayziev, Aminu Umar (Muhammadali Aliqulov, 88), Dmitriy Yashin.
Buxoro: Otabek Boymurodov, Izzatillo Po'latov, Sardor Qulmatov, Ravshan Xayrullaev, Azizbek Amonov (Bilol Tupliev, 81), Javohir Ro'ziev, Toma Tabatadze, Muhammad Yo'ldoshev, Marko Kolakovich, Frane Ikich, Shahboz Jo'rabekov.
Ogohlantirishlar: Ibrohim G'anixonov (10), Islom Sharipov (75)
Chetlatish: Frane Ikich (30)

 

Manba: www.stadion.uz.