Superliga. "Lokomotiv" mehmonda "Xorazm"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi


Superliga, 18-tur
Urganch. “Xorazm” sport majmuasi. 20:00
“Xorazm” – “Lokomotiv” 1:3
Gollar: 7 - Quvonchbek Abraev, 16 - Sunnatulloh Hamidjonov, 47 - Suhrob Nurulloev, 77 - Jasur Yaxshiboev
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Ërdamchi hakamlar: Farhod Usmonov va Ruslan Samandarov
Zaxira hakami: Erlan Nurjanov
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev
AVAR: Avaz Abdullaev
Komissar: Shohruh Said
"Xorazm": 77.Umidjon Ergashev, 9.Sardorbek Azimov (11.Danila Ejov, 80’), 13.Elzio Lohan (99.Odamboy Olimov, 85’), 15.Diyor Ortiqboev, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 34.Suhrob Izzatov (6.Nurjahon Muzaffarov, 79’), 55.Azizbek Pirmuhammadov, 71.Umidbek Sultonov (10.Rafael Tavaresh, 46’), 90.Ulug'bek Hoshimov, 96.Rafael Sabino (8.Nodirbek Abduxaliqov, 57’).
Zaxira: 33.Nikola Stoshich, 3.Ravshanbek Sultanov, 12.Maksim Shiryaev, 88.Abror Xo'sinov.
"Lokomotiv": 12.Nikita Shevchenko, 7.Quvonchbek Abraev (9.Suhrob Nurulloev, 46’), 10.Shodiyor Shodiboev (21.Ilya Yyelichich, 90+1’), 14.Nikolay Ivanov (27.Ozodbek O'ktamov, 90’), 18.Aleksandr Kucherenko, 22.Sunnatilla Poyonov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 28.Shuhrat Muhammadiev, 45.Yovan Nishich, 61.Nurlan Ibraimov (8.Bilol Tupliev, 70’), 70.Muhammadali Reimov (99.Jasur Yaxshiboev, 70’).
Zaxira: 16.Danil Baklanov, 17.Sardor Mirzaev, 30.Jafar Bahodirov, 33.Oleg Zoteev.
Ogohlantirishlar: 19 - Shodiyor Shodiboev, 31 - Yovan Nishich, 61 - Nurlan Ibraimov, 87 - Nikolay Ivanov
90+3. O'yin yakunlandi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
82. Bilol Tupliev bir necha futbolichini aldab o'tib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo darvoza tomon zarba bera olmadi.
78. Xo'sh, o'yin taqdiri halmi yoki kambek bo'ladimi?

77. GOL! Yaxshiboev ajoyib gol urdi! Jasur chamasi 21 metrlardan turib darvoza tomon aniq zarba berdi va bu golga aylandi!
72. Jasurbek Yaxshiboevning erlatib bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.
69. Nodirbek Abduxaliqovning jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarbasi juda noaniq bo'ldi…
68. Nishichning xavfli zarbasini Ergashev qaytardi.
61. “Temiryo'lchilar” faollikni oshirmoqda, jamoaning hujumlari xavfli tus olyapti tobora.
53. Mezbonlar bir qator hujumlar tashkil etishdi, biroq hozircha natija bo'lmayapti.
48. “Xorazm” endi yanada shiddatni oshirishi aniq.
47. GOL! Nurulloev hisobni oshirdi! Bo'lim boshida maydonga tushgan futbolchi gol urdi!
46. Ikkinchi bo'limga start berildi.
45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
43. Bo'lim so'nggida “Xorazm” anchagina faol, hujumlar soni ortmoqda.
37. Mezbonlar juda qulay vaziyatga ega bo'lgandi, biroq holat golga aylanmadi.
34. “Xorazm” darvozaboni Umidjon Ergashevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. O'yin boshlangach, uning holati yaxshi emasdek ko'rinayotgan edi.

30. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda endi. So'nggi daqiqalarda aytarli xavfli hujum ko'rmadik.
24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
23. Shodiyor Shodiboevning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasini xorazmliklar posboni ushlab oldi.
17. Javob goli ham ko'p kuttirmadi, endi o'yin yanada “yonadi”.
16. GOL! Sunnatulloh Hamidjonov hisobni tenglashtirdi! Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni Hamidjonov boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi!
14. Maydon egalari hujumlar tashkil etishmoqda, biroq hozircha xavfli ko'rinmayapti.
8. Tezkor gol ko'rdik o'yinda, endi buyog'iga xorazmliklardan ham faollik kutamiz.

7. GOL! Quvonchbek Abraev hisobni ochdi! Penaltidan tepilgan to'p darvoza ustuniga tegib, so'ng darvoza to'ridan joy oldi to'p.
6. Penalti! “Xorazm” darvozasi tomon….
5. Toshkentliklar faol anchagina.
4. O'yinning ilk daqiqalari kurashlar bilan boshlandi.
1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 18-turidan joy olgan "Xorazm" – "Lokomotiv" uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.
Kommentariyalar