Superliga. Legionerlar soni bo'yicha qaysi mamlakatlar peshqadam?

Superliganing 2026 yilgi mavsumida Serbiya va Gruziya legionerlar soni bo'yicha peshqadam bo'ladi. Har ikki mamlakatdan 13 nafardan futbolchi yurtimizda to'p tepadi.
Bu borada 3-o'rinni Nigeriya egalladi. Qora qit'a vakillaridan 9 nafar futbolchi yurtimizning turli klublariga transfer qilingan.

Manba: pfl.uz