Superliga. "Dinamo" bir kishi kam bo'lib qolib, OKMK bilan o'yinda g'alabani qo'ldan chiqardi

Superliga 9-turida "Dinamo" o'z maydonida OKMKni qabul qildi. Bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.
O'yinda 2-daqiqadayoq Sanjar Qodirqulov hisobni ochdi. 21-daqiqada mezbonlar himoyachisi Salim Mustafoev to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi. 31-daqiqada Jaloliddin Jumaboev jamoasining ikkinchi golini kiritdi.
Ikkinchi bo'limda 53-daqiqada Aziz Holmurodov oradagi farqni qisqartirdi, 89-daqiqada esa Urosh Koyich mezbonlarga 1 ochko keltirgan golga mualliflik qildi.
"Dinamo" 8 ochko bilan 13-o'rinda, OKMK 12 ochko bilan 9-pog'onada.
«DINAMO» — OKMK — 2:2
Gollar: Abror Karimov 1’ — avtogol (1:0), Jaloliddin Jumaboev 31’ (2:0), Aziz Xolmurodov 53’ (2:1), Urosh Koyich 88’ (2:2).
«Dinamo»: Edem Nemanov, Jahongir O'rozov, Sanjar Qodirqulov, Aziz Amonov (Behruzbek Oblaqulov, 81), Anvar Hojimirzaev (Ulug'bek Hoshimov, 62), Rasul Yo'ldoshev (Ulug'bek Abdullaev, 63), Salim Mustafoev, Jaloliddin Jumaboev, Jahongir Abdusalomov (Nurillo To'xtasinov, 63), Firdavs Abdurahmonov (Xislat Halilov, 81), Kingsli Sarfo.
Zaxira: Sarvar Karimov, Bahodir Nasimov, Dramane Salou, Til Mavretich.
OKMK: Javohir Ilyosov, Mirjamol Qosimov (Arixiro Sentoku, 46), Giorgi Papava, Avazbek O'lmasaliev, Dilshodbek Ahmadaliev, Aziz Xolmurodov (Ali Abdurahmonov, 67), Asadbek Sobirjonov (Urosh Koyich, 67), Nodirbek Abdurazzoqov, Saidafzalxon Axrorov (Ahmadullo Muqumjonov, 46), Abror Karimov (Rian Islomov, 73), Siyavash Haqnazariy.
Zaxira: Hamidullo Abdunabiev, Shahzod Toirov, Abubakr Rizo Turdialiev, Eldorbek Begimov.
Ogohlantirishlar: Saidafzalxon Axrorov (45+2), Sanjar Qodirqulov (75).
Chetlatish: Salim Mustafoev (22).
Bosh hakam: Asker Najafaliev
VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Shohruh Said