Superliga 12-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Lokomotiv" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

11-daqiqada "sherlar" safida Rustam Turdimurodov gol urdi, 63-daqiqada Shodiyor Shodiboev "temiryo'lchilar"ning javob golini kiritdi.

"Paxtakor" 27 ochko bilan ikkinchi o'rinda. "Lokomotiv" 18 ochko bilan 7-pog'onada.

O'zbekiston Superligasi. 12-tur

17.07.2026 | 20:00 «Paxtakor» stadioni, Toshkent

«PAXTAKOR» — «LOKOMOTIV» — 1:1

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Shohruh Said

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Sherzod A'zamov

Gollar: Rustam Turdimurodov 11 (1:0), Shodiyor Shodiboev 63 (1:1).

«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Zaid Tahsin, Muhammadqodir Hamraliev, Hojiakbar Alijonov, Dilshod Saitov, Ibrohim Ibragimov (Flamarion, 46), Hojimat Erkinov (Bashar Resan, 61), Rustam Turdimurodov (Stefan Chinedu, 46), Abdurauf Bo'riev, Sardor Sobirxo'jaev (Akmal Mozgovoy, 76), Oybek Bozorov (Dostonbek Hamdamov, 61).

Zaxira: Vladimir Nazarov, Dilshod Abdullaev, Sherzod Nasrullaev, Muhammadrasul Abdumajidov.

«Lokomotiv»: Aleksey Kozlov, Quvonchbek Abraev (Shodiyor Shodiboev, 61), Suhrob Nurulloev (Jasur Yaxshiboev, 76), Temurxo'ja Abduxoliqov, Aleksandar Shushnyar, Sardor Mirzaev (Nurlan Ibraimov, 86), Abdulloh Yo'ldoshev, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Yovan Nishich (Nikolay Ivanov, 86), Muhammadali Reimov (Diyor Turopov, 61).

Zaxira: Nikita Shevchenko, Anzur Ismoilov, Bilol Tupliev, Sunnatilla Poyonov.

Ogohlantirishlar: Quvonchbek Abraev (8), Oleg Zoteev (57), Aleksandar Shushnyar (90+2), Stefan Chinedu (90+3), Zaid Tahsin (90+3).

Manba: Stadion.uz