Superliga. "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi

Superliga 24-turida "Bunyodkor" o'z maydonida "Nasaf" bilan durang o'ynadi - 2:2.
"Qaldirg'ochlar" safida Imeda Ashortia va Amir To'raqulov gol urgan bo'lsa, "ajdarlar"dan Alibek Davronov va Husayn Norchaev o'zini ko'rsatdi.
"Nasaf" 53 ochko bilan peshqadam. "Bunyodkor" 40 ochko bilan 5-pog'onada.
Superliga, 24-tur
04.10.2025, shanba, 19:00
Bunyodkor - Nasaf - 2:2
Gollar: 1:0 – 14, Imeda Ashortia, 1:1 – 20, Alibek Davronov (Oybek Bozorov), 2:1 – 41, Amir To'raqulov (Asadbek Rahimjonov), 2:2 – 58, Husayn Norchaev (Oybek Bozorov)
Bunyodkor: Valijon Rahimov, Najmiddin Normurodov, Muzaffar Olimjonov (Martin Shroler, 74), Marko Bugarin, Nikoloz Mali (Aleksandr Zevadinov, 74), Asadbek Rahimjonov (Rasul Yo'ldoshev, 80), Azizbek To'lqinbekov, Itsuke Urata, Temirxo'ja Abduxoliqov (Matiya Krivokapich, 68), Amir To'raqulov, Imeda Ashortia (Nosir Abdusalomov, 74)
Nasaf: Abduvohid Ne'matov, Alibek Davronov, Shuhrat Muhammadiev, Sherzod Nasrullaev, Umar Eshmurodov, Sharof Muhiddinov (G'olib G'aybullaev, 11), Dragan Cheran (Yusuf Otubanjo, 70), Oybek Bozorov (Igor Golban, 90+3), Sardor Bahromov, Stefan Cholovich (Zafarmurod Abdurahmatov, 46), Husayn Norchaev
Ogohlantirish: Nikoloz Mali (6)