Superliga.

Superliga 13-turida "Neftchi" Zominda "So'g'diyona" mehmoni bo'ldi va 5:1 hisobida yirik g'alabaga erishdi.
Jizzaxliklar 22-daqiqada Petar Michinning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan edi. Farg'onaliklar bunga 5 ta gol bilan javob qaytardi - Ibrohimhalil Yo'ldoshev (30), Xurshid G'iyosov (33), Stipe Peritsa (36), Anvar G'ofurov (55) va Jamshid Iskanderov (81) gollarga mualliflik qilishdi.
"Yo'lbarslar" 34 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. "So'g'diyona" 12 ochko bilan 14-o'rinda.
O'zbekiston Superligasi. 13-tur
21.07.2026 | 20:00 «Zomin» stadioni, Zomin
«SO'G'DIYoNA» — «NEFTChI» — 1:5
Bosh hakam: Akobirxo'ja Shukurullaev
Yordamchi hakamlar: Islom Nosirov, Abdurashid Erkinov
Zaxira hakami: Ma'murjon Ilhomov
Nazoratchi: Marat Ismailov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Rinat Serazitdinov
Gollar: Petar Michin 22 (1:0), Ibrohimhalil Yo'ldoshev 28 (1:1), Xurshid G'iyosov 33 (1:2), Stipe Peritsa 36 (1:3), Anvarjon G'ofurov 54 (1:4), Jamshid Iskanderov 80 (1:5).
«So'g'diyona»: Milan Mitrovich, Igor Golban, Abdulazizxon Abdurashidov (Javohir Qahramonov, 46), Islomjon Qobilov (Behruz Jumatov, 70), Zoir Jo'raboev, Filip Ivanovich, Petar Michin (Zenan Zaymovich, 65), Ollabergan Karimov, Jamshid Boltaboev (Nodirjon Soyibov, 46), Zabihillo O'rinboev (Sardorbek Hoshimov, 46), Lyupcho Doriev.
Zaxira: Bayram Najafaliev, Behruzbek Asqarov, Fazliddin Omonkeldiev, Oybek Nurmatov.
«Neftchi»: Botirali Ergashev, Boyan Tsiger, Muhsinjon Ubaydullaev, Anvarjon G'ofurov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Xurshid G'iyosov (Alisher Odilov, 61), Asilbek Jumaev (Vladimir Yovovich, 61), Ikromjon Aliboev (Ratino, 61), Jamshid Iskanderov, Yovan Jokich (Rustambek Fomin, 83), Stipe Peritsa (Zoran Marushich, 73).
Zaxira: Akbar To'raev, Azizbek Murodov, Izzatillo Po'latov, Nurbek Sarsenbaev.
Ogohlantirishlar: Abdulazizxon Abdurashidov (25), Lyupcho Doriev (29), Ulug'bek Baqoev (29, murabbiy), Ikromjon Aliboev (51), Islomjon Qobilov (67).
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar