Superliga.

Superliga 12-turida "Surxon" safarda "Andijon"ni mag'lub etdi - 2:1.
Mehmonlar safida Richard Fraydey 64-daqiqada hisobni ochdi. 73-daqiqada Usmonali Ismonaliev muvozanatni tikladi. 77-daqiqada Sarvar Abduhamidov termizliklarga 3 ochko keltirgan gol muallifi bo'ldi.
"Surxon" 15 ochko bilan 10-o'rinda. "Andijon" 16 ochko bilan 9-pog'onada.
O'zbekiston Superligasi. 12-tur
18.07.2026 | 20:00 «Bobur arena» stadioni, Andijon
«ANDIJON» — «SURXON» — 1:2
Bosh hakam: Olim To'ychiboev
Yordamchi hakamlar: Shohruh A'zamov, Aziz Isoqov
Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Vladimir Nazarov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Alisher Usmonov
Gollar: Richard Fraydey 64 (0:1), Usmonali Ismonaliev 73 (1:1), Sarvar Abduhamidov 77 (1:2).
«Andijon»: Eldor Adhamov, Mahmudjon Mahamadjonov, Odilbek Abdumajidov, Nemanya Chalasan, Dragan Cheran (Humoyunmirzo Iminov, 46), Aleksandre Andronikashvili (Islom To'xtaxo'jaev, 74), Doniyor Abdumannopov (Bekzod Sulaymonov, 46), Muhammadkarim Toirov, Po'latxo'ja Xoldorxonov (Damir Temirov, 74), Imeda Ashortia (Hamidullo Karimov, 82), Usmonali Ismonaliev.
Zaxira: Ilnur Zokirov, Shohjahon Yorqinboev, Abdurahmon Komilov, Abdulvohid G'ulomov.
«Surxon»: Davron Merganov (Otabek Boymurodov, 9), Behruz Shukurullaev, Behzod Shamsiev, Behruz Shaydulov, Doston Tursunov, Tohirjon Ashuboev (Boburjon Rahimjonov, 55), Sarvar Abduhamidov, Diyor Ramazonov (Tornike Dzebniauri, 80), Humoyun Sherbotaev, Farruhjon Qodirov (Mirmaqsud Mirusmonov, 46), Richard Fraydey (Umidbek Quvondiqov, 80).
Zaxira: Muhammadali Musaxonov, Behruz O'ktamov, A'zamjon Temirxonov, Kamronbek Ergashev.
Ogohlantirishlar: Sarvar Abduhamidov (41), Otabek Boymurodov (87).
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar