Superliga-2025. Yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi ma'lum

O'zPFL yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi sifatida Lyupcho Dorievni ("So'g'diyona") e'lon qildi.
Shimoliy makedoniyalik futbolchi bu mavsum Superligada 30 ta bahsda maydonga tushdi va 16 ta to'p kiritib, 9 ta golga assistentlik qildi.
Doriev sovrin uchun kurashda Zoran Marushich ("Neftchi"), Frane Ikich ("Buxoro"), Jurani Ferreira ("Dinamo"), Imeda Ashortia ("Bunyodkor"), Bashar Resan ("Paxtakor"), Ruben Sanches (OKMK), Boyan Tsiger ("Neftchi") va Dmitriy Pletnyovni ("Dinamo") ortda qoldirdi.

Manba: www.stadion.uz.