Superliga-2025. «Yil javohiri» aniqlandi (foto)

O'zPFL Superliganing eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida Firdavs Abdurahmonovni ("Dinamo") e'lon qildi.
20 yoshli futbolchi bu mavsum samarqandliklar safida Superligada 23 bahsda maydonga tushib, 6 gol va 3 golli uzatma qayd etdi.
Abdurahmonov sovrin uchun kurashda Behruzjon Karimov ("Surxon"), Sardor Bahromov ("Nasaf"), G'anisher Qodirov ("Sho'rtan") va Oybek O'rmonjonovni ("Dinamo") ortda qoldirdi.

Manba: www.stadion.uz.