Joriy yilning 20-23 avgustkunlariO'zbekiston Superligasi 20-turbahslari bo'lib o'tdi.

Farg'onadagi “Neftchi” 3:0 “Mash'al” ucharshuvi turning eng ko'p muxlis to'plagan o'yini bo'ldi. Mazkur bellashuvni stadiondan bevosita 11 935 nafar muxlis kuzatib bordi.

Tur doirasida kechgan 8 o'yinda jami 39 573 nafar muxlis uchrashuvlarni bevosita stadiondan kuzatib bordi. O'rtacha hisobda har bir o'yinga 4 946 nafardan to'g'ri keladi.

Qarshida bo'lib o'tgan “Buxoro” 1:0 “Qo'qon-1912” o'yiniga esa 217 nafar tomoshabin kirdi va ushbu turdagi eng kam muxlis kirgan o'yin bo'ldi.