Superliga. 11-turgacha barcha uchrashuvlarda to'liq o'ynagan futbolchilar e'lon qilindi

O'zbekiston professional futbol ligasi Superliganing joriy mavsumida dastlabki 11 ta turida barcha bahslarda to'liq (almashtirishlarsiz) o'ynagan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Bunday o'yinchilar soni 14 nafarni tashkil qildi. Ularning 3 nafari ayni paytda O'zbekiston milliy jamoasi bilan birga AQShda bo'lib turibdi. Shuningdek, ro'yxatdagi futbolchilarning 4 nafari legioner hisoblanadi.

Manba: pfl.uz