Ertaga, 3 may kuni O'zbekiston Superligasining 11-turi doirasida «Qo'qon-1912» o'z maydonida Toshkentning «Bunyodkor» klubini qabul qiladi.

O'zaro o'yinlar tarixi: Ustunlik kim tomonda?

Jamoalar shu kunga qadar chempionat doirasida jami 18 marta to'qnash kelishgan. Raqamlar «qaldirg'ochlar»ning ustunligini ko'rsatmoqda:

  • «Bunyodkor» g'alabasi: 10 ta

  • «Qo'qon-1912» g'alabasi: 5 ta

  • Durang: 3 ta

  • To'plar nisbati: 20-18 («Bunyodkor» foydasiga)

Ochkolar jamg'arish bo'yicha ham «Bunyodkor» oldinda (33 ochko), qo'qonliklar hisobida esa 18 ochko mavjud. 


Uchrashuv rasmiylari

Bahsni Ravshan Abduvohidov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Shuningdek, o'yinda VAR tizimi ham ishlaydi:

  • Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

  • Qanot hakamlari: Amir Galeev, Danil Yatsenko

  • VAR hakami: G'ayrat Jo'raev

  • AVAR: Maksim Nexochin

  • Nazoratchi: Oleg Dachev


O'yin vaqti va manzili

Uchrashuv Qo'qon shahridagi «Markaziy» stadionida bo'lib o'tadi.

Start: 3 may, soat 18:00

Manzil: Qo'qon, «Markaziy» stadioni

Manba: "Qo'qon-1912" klubi matbuot xizmati