O'zbekiston Superligasining 10-tur bahslari bugun, 29 aprel kuni bo'lib o'tadigan uchta uchrashuv bilan yakuniga etadi. Kun dasturidan quyidagi o'yinlar o'rin olgan.

Bugungi bahslar soat 19:00da start oladi. Farg'onada «Neftchi» va «Qo'qon-1912» jamoalari o'rtasidagi derbi bo'lib o'tadi.

Shu bilan bir vaqtda Navoiyda «Qizilqum» jamoasi o'z maydonida «Xorazm»ni qabul qiladi.

Turning eng kutilayotgan o'yinlaridan biri Toshkentda o'tkaziladi. Soat 20:00da «Bunyodkor» o'z uyida Namanganning «Navbahor» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Superliga. 10-tur 29 aprel (chorshanba)

  • 19:00 | «Neftchi» — «Qo'qon-1912» (Futbol TV)

  • 19:00 | «Qizilqum» — «Xorazm»

  • 20:00 | «Bunyodkor» — «Navbahor» (Sport TV)

Manba: www.stadion.uz.