Evropa Ligasi asosiy bosqichi start oladigan kuni Opta mutaxassislari jamoalarning u yoki bu natijani ko'rsatish imkoniyatlarini hisoblash uchun superkompyuterni ishga tushirdi. Evropa Ligasi g'olibligi haqida gapiradigan bo'lsak, sovrinni qo'lga kiritish uchun eng katta imkoniyat "Aston Villa"da. Hisob-kitoblar shuni ko'rsatdiki, birmingemliklarning qit'aning ikkinchi darajali klub turnirida g'alaba qozonish ehtimoli 23,3 foizni tashkil qiladi.

Ikkinchi o'rinda 13 foizlik ko'rsatkich bilan "Roma" bormoqda. Kuchli uchlikni "Nottingem Forest" yakunlab berdi, uning imkoniyatlari 10,2 foizga baholanmoqda.

Evropa Ligasida g'olib chiqish imkoniyati bo'yicha top-5dan Frantsiyaning "Lill" (8,1%) va "Lion" (6,7%) klublari ham joy olgan.